344
sabablarini aniqlashga harakat qiling. Bunday shakllarni ko‘zgu ro‘parasida va
magnit (video) tasmalaridagi yozuvlar yordamida bajarish yaxshi natija beradi.
Bunda siz o‘z hatti-harakatlaringizni ko‘rish va eshitish orqali nazorat
qilish imkoniyatlariga ega bo‘lasiz. O‘z ustingizda ishlar ekansiz o‘z
faoliyatingizni tajribali o‘qituvchilarning ta'sir etish texnikasi va mantig‘i
bilan
taqqoslab ko‘ring. O‘zingiz uchun mos keladigan,
eng samaralilarini ajratib
olishga harakat qiling.
v) O‘qituvchi muvaffaqiyatga erisha olmagan holatlarni ham tahlil
qiling. Uning sabablarini aniqlang. Ijobiy natijaga erisha olmagan o‘zaro ta'sir
etish hollardagi kamchiliklarini bartaraf qilishga intiling.
g) Darsga tayyogarlik ko‘rishda uning qaysi bosqichida o‘quvchilar
ongiga, qaysi bosqichlarida esa ularning sezgisiga ko‘proq ta'sir
zarurligini
aniqlang. Birinchi holda mantiqiy isbotlashning kengaytirilgan rejasini tuzing.
Ikkinchi holda esa uqtirishning qanday turlaridan va uni ta'sirchanligini oshiruvchi
qanday vositalarni qo‘llashingizni aniqlang.
Dostları ilə paylaş: