342
Uqtirishning mohiyati shundan iboratki, tinglovchi so‘zlayotgan
shaxsga
to‘la ishonch bildiradi. Bu holda so‘zlovchi tinglovchida aynan o‘zidagi tasavvur,
qiyofa va sezgilarni gavdalantiradi va unda to‘liq ishonch hosil qiladi.
“Uqtirib ta'sir etishda axborot manbai bo‘lmish so‘zlovchining obro‘ga ega
bo‘lishi, ikkinchi tomondan esa tinglovchida ishonch hosil qilishiga erishishdir.
O‘qituvchi tahsil oluvchiga muayyan mavzuni uqtirayotganda pedagogik muloqot
o‘zaro ta'sir etish jarayoni sifatida ixtiyoriy va ixtiyorsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri qo‘llangan uqtirish
juda
katta tarbiyaviy kuchga ega
51
”- deb yozadi M. Ochilov. Darhaqiqat,
pedagogning samarali uqtirib ta'sir ko‘rsatishining zarur shartlaridan biri o‘quvchi
va jamoa ruhiyatiga ta'sir qilish natijasida ularda ijobiy hislatlar tarkib topadi. Eng
muhimi shundaki, o‘quvchi o‘qituvchi aytgan harakatlarni bajaradi va ularni o‘zi
mustaqil o‘ylab topgandek his qiladi.
Uqtirishga moyillik inson asab tizimining me'yordagi xususiyatidir. U
yosh davriga (yosh bolalarni uqtirish osonroq), jinsga (ayollar uqtirishiga ko‘proq
moyil bo‘ladilar), ongni rivojlanishi darajasi (intellekt)ga, salomatlikka
(charchaganda yoki kasallikdan yaqinda tuzalgan kishini uqtirish oson bo‘ladi) va
boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashkari
uqtirishga moyillik
uqiruvchining obro‘si va uqtirish shakliga qarab ham o‘zgarib turadi.
Uqtirishga moyillikning ayniqsa yosh davrlariga bog‘liqligi juda sezilarli.
Bolalar 7-10 yoshda juda ta'sirchan bo‘ladilar, shuning uchun ular bilan ishlashda
so‘zning uqtiruvchi qudratini oshiradigan alohida usullarini o‘ylab topishga ham
zarurat qolmaydi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
hurmati juda yuqori
bo‘ladi, o‘quvchilar uning har bir so‘zi, hikoyasi yoki tanbehini aniq haqiqat, deb
qabul qiladilar. Yosh oshgan sari o‘quvchilarda tanqidiy fikrga egalik oshadi.
Ko‘p hollarda ishontirish va uqtirish o‘zaro bog‘liqdir. Ishontirish va
uqtirishning umumiy belgilari:
- har ikkalasida ham so‘z ta'sir
etish vositasidir;
51
Ochilov M., OchilovaN. O‘qituvchi odobi.- Toshkent: O‘zbekiston, 1996.-172 bet
343
- o‘qituvchining nutq maromi sust, ohangdorligi past bo‘lsa va uning
yuz ifodasi hayotiy bo‘lmasa,
ishontirish ham, uqtirish ham muvaffaqiyatsiz
bo‘ladi.
Taqlid qilish-
inson ruhiyatini o‘ziga rom qilishning bir turidir. U asosan
individning ma'lum bir hulq-atvor, harakat tarzi, qiliqlari takrorlanishini anglatadi.
Mashhur psixoterapevt V. L. Levi ichki va tashqi taqlid qilish mavjudligini
aniqlagan. Inson o‘zining ichki sezgisi, intuitsiyasi bilan (ong bilan sezish) o‘zgalar
xatti-harakati, so‘zi, mimikasini taqlid qiladi. Ichki taqlid qilishda kishining tashqi
qiyofasi ham hisobga olinadi. Ichki va tashqi
taqlid qilishni bilish yosh
o‘qituvchiga o‘z ustida ishlashga xizmat qiladi.
Shunday qilib, o‘qituvchining bolaga ta'sir etishida turli kommunikativ
ko‘nikmalardan foydalanish zarur. Mohir pedagog muayyan vaziyatda oqilona
ta'sir etish vositalaridan foydalana oladi.
Dostları ilə paylaş: