332
O‘qituvchining tahsil oluvchilar ko‘ngliga yo‘l topishi uning muloqatga
kirishuvchanligiga bog‘liq. Shaxsning kommunikativ qobiliyatlarini hosil qiluvchi
xususiyatlar orasida yetakchi va yordamchi vazifalarni o‘taydiganlari mavjud.
Birinchi navbatda perseptiv, ya'ni idrok qilishga hamisha ta'lluqli bo‘lgan
xususiyatlar (ulardan eng muhimi kuzatuvchanlikdir) yetakchi o‘rin egallaydi.
Barcha insonlar kommunikatsiya jarayonida ishtirok etishadi, ammo ulardagi
hayotiy tajriba, bilim, ko‘nikma va malakalar turlicha bo‘lganligi bois, ularning
muloqatga kirishuvchanligi ham turlicha bo‘lishi kuzatiladi. O‘qituvchining
kommunikativ qobiliyati, uning mahoratli ekanligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: