327
noxo‘sh ko‘rinishlarni ular yuziga solmaydi, aksincha ularni bartaraf etishga
yordam beradi.
Samimiylik o‘qituvchining o‘quv muassasasida
yuzaga kelayotgan ijobiy
taraqqiyparvar voqyealarga va hodisalarga nisbatan ilk munosabatini, undagi
samimiylikni ifodalaydi. O‘qituvchining samimiyligini o‘quvchilar darrov
sezishadi. Bu uning bolalar
bilan samimiy munosabatlarida, hamkasabalari
faoliyatidagi yutuqlariga bildirilgan hayrihohlikda, shogirdlar muvaffaqqiyati va
muvaffaqqiyatsizligiga
munosabatining tabiiyligida, o‘quvchilar xulqi,
qobiliyatlarini xolisona baholashda, el-yurt, jamoa zafarlariga, jahondagi sodir
bo‘layotgan ijobiy voqyelikka odilona munosabatda bo‘lishda namoyon bo‘ladi.
Pedagogning
xususiy qobiliyatlariga bilim, malaka va ko‘nikmalarni
egallash faoliyati va shaxsni tarbiyalash qobiliyati ham tegishlidir. O‘qituvchi o‘z
mahoratini takomillashtirib borishi, tajribasini ommalashtirishi lozim. Mahoratli
o‘qituvchi boshqa insonning ichki holatini to‘g‘ri baholash,
unga hamdardlik
bildirish, hamnafas bo‘lish qobiliyati (empatiya)ga qodirdir. Shu bilan birga tarbiya
jarayonida tahsil oluvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olish,
tarbiyalanuvchilarga o‘rnak bo‘lish, ular obro‘sini qozonish o‘qituvchilik
kasbining mahoratidan dalolat beradi. Zero, taniqli o‘zbek shoiri Abdulla Oripov
ta'kidlaganidek:
Muallim haqida so‘zim ushbudir:
Muallim kamolot ichra ko‘zgudir.
O‘qidim Gerodot, tarixni ko‘p bor,
Forobiy, Danteni takror va takror.
Barini o‘qidim, lol qoldi aqlim,
Bariga ustozsan o‘zing, muallim.
Shunday qilib, kasbiy-pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati o‘qituvchining
pedagogik qobiliyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik qobiliyatlarning quyidagi
guruhlari farqlanadi:
- ob'ekt (o‘quvchi, talaba, tarbiyalanuvchi)ga nisbatan sezgirlik;
328
-kommunikativlik
–
muloqotga
kirishuvchanlik,
xayrixohlik,
xo‘shmuomalalik;
- perseptiv qobiliyatlar – kasbiy yetuklik, empatiya, pedagogik tuyg‘u;
- shaxs dinamikasi (rivojlanishi) – irodaga ta'sir eta
olish va mantiqiy ishontira
olish qobiliyati;
- hissiy barqarorlik - o‘zini boshqara olish;
- kreativlik – o‘z ishiga ijodiy yondashish, ta'lim-tarbiya jarayonida noan'anaviy
yo‘l, metod, vositalardan foydalanish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: