Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


Pedagogning eruditsiyasi (irodasi, sabr - toqat, o‘quvchilarga ibrat, namuna



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   227
-.-

Pedagogning eruditsiyasi (irodasi, sabr - toqat, o‘quvchilarga ibrat, namuna 
bo‘la olish qobiliyati).
 
O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘z shaxsiy namunasi, xulq -atvori
bilan ham tarbiyalaydi. Bolalar uchun o‘qituvchining har bir xatti- harakati 
namunadir. Bu holat o‘qituvchidan o‘quvchilarga nisbatan juda ziyrak 
munosabatda bo‘lishni talab etadi. O‘qituvchi o‘zi o‘qitadigan fanni mukammal 
bilishi, sabr - toqatli, irodali bo‘lishi, yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarga ega, 
insoniy fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan, nazokatli, qat'iyatli, jonkuyar, 
mehnatsevar va kamtar bo‘lishi lozim. 
O‘qituvchi pedagogik jarayonda uchraydigan turli qiyinchiliklarni bartaraf 
etishga, belgilangan maqsadga erishishda iroda kuchini ko‘rsata olishi shart. 
Belgilangan pedagogik vazifalarni oxiriga yetkazish, uning nazorati, izchilligini 
kuzatib borish va ta'lim-tarbiya jarayonining samarali kechishini ta'minlashda 
barcha kuch-g‘ayratini safarbar etish o‘qituvchining irodaviy harakatlarini 
tavsiflaydi. O‘qituvchida qat'iyatlilik, talabchanlik, har qanday vaziyatda o‘zini 
tuta bilish, dadillik kabi irodaviy sifatlar mujassam bo‘lishi lozim. 
O‘qituvchi o‘z faoliyatini tashkil etishda tasodifiy taassurotlarga 
berilmasdan, ortiqcha ikkilanishlarsiz, dadil harakat qilishi, qat'iy qarorga kela 
olishi muhim.
Dadillik bilan bir qatorda qat'iylik ham ishni muvaffaqiyatli 
amalga oshirishni ta'minlovchi muhim sifatdir. O‘qituvchining irodaviy 
sifatlaridan biri - har qanday pedagogik sharoitda o‘zini tuta bilishidir. Har qanday 
“Qo‘lingdan kelguncha birovga ozor yetkazma, qahru 
g‘azab o‘tiga aslo tashlama, agar abadiy rohat istasang, hamisha 
o‘zingni ranjit, birovni ranjitma” 
Bahovuddin Naqshband 


326 
vaziyatda o‘zini tuta oladigan, har narsaga asabiylashmaydigan va o‘quvchilar 
asabini ham buzmaydigan o‘qituvchini yoshlar afzal ko‘rishadi. 
Ma'lumki, nerv sistemasining tipi (temperament) g‘oyat barqaror, uni 
xohlagan paytda tez o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ammo uni qandaydir ma'noda 
boshqarish, jumladan salbiy tip ko‘rinishlarini tarbiyalash mumkin. O‘z tipidagi 
ijobiy tomonlaridan foydalana oladigan va salbiy tomonlariga barham bera 
biladigan, nerv sistemasi istalgan tipining namoyondasi bo‘lgan kishi o‘qituvchi 
bo‘lishi mumkin. 
O‘qituvchi ishining muvaffaqiyatiga bu tiplardan tashqari, yuzaga keladigan 
vaqtincha psixik holatlar (kayfiyat) ham ta'sir ko‘rsatadi. O‘qituvchilar dars 
mashg‘ulotlarini tashkil qilishda yomon kayfiyatga berilmasligi, noxush 
kayfiyatlarini o‘quvchilarga sezadirmasliklari lozim.
“Sinf xonasiga kirgan o‘qituvchi barcha tashvishli muammolarini, noxush 
kayfiyatini eshik ortida qoldirishi, bolalar oldiga ochiq chehra bilan kirib kelishi 
lozim”,- degan edi Qori Niyoziy. Haqiqatdan ham, o‘qituvchi ayrim hollarda 
xunob bo‘lishi va g‘azablanishi ham mumkin, lekin irodaviy xususiyatiga tayangan 
holda o‘zini boshqara olishi, o‘quvchilarga dag‘al muomala qilmasligi kerak. 
O‘qituvchi bukilmas irodaviy xususiyatga ega bo‘lishi, hayot va faoliyatda 
aslo og‘ishmasdan oldiga quyilgan maqsadga intilishi lozim.

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin