O‘qituvchining nutq qobiliyati
- nutq yordamida, shuningdek imo - ishoralar
vositasida o‘z fikr va tuyg‘ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyatidir.
O‘qituvchi nutqidagi ravonlik, o‘z fikrini aniq ifoda etish o‘qituvchilik kasbi uchun
juda muhimdir. Darsda o‘qituvchi nutqi hamisha o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi.
Fikrlar ifodasi o‘quvchilar uchun aniq, sodda, ravon, tushunarli bo‘lishi
shart. O‘qituvchining bayoni o‘quvchilar fikri va diqqatini maksimal darajada
faollashtirishga qaratiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarni faollashtirish va diqqatini
jamlash maqsadida muayyan so‘z va iboralar qo‘llaydi. O‘qituvchi uzundan uzoq
jumlalar, murakkab so‘z birikmalari, qiyin, tumtoq iboralarni qo‘llashdan qochishi
lozim. O‘rinli yumor, hazil-mutoyiba, yengilgina istehzo nutqni jonlantiradi, bu
nutqni o‘quvchilar yaxshi qabul qiladilar.
O‘qituvchining nutqi aniq, jonli, emotsional - obrazli, talaffuzi jihatidan
erkin ifodali, his - hayajonli bo‘lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar
uchramasligi lozim. Bir maromdagi cho‘ziq, zeriktiradigan nutq o‘quvchilarni tez
charchatadi, ularni lanj, loqayd qilib, fanga bo‘lgan qiziqishi so‘nadi. O‘quvchi
o‘zatilayotgan axborotni yaxshi qabul qilishi uchun o‘rtacha, jonli nutq samarali
natija beradi. Haddan tashqari keskin va baland tovushdagi nutq o‘quvchilar
asabiga tegadi, ularni toliqtiradi.
O‘qituvchi yangi mavzuni tushuntirayotgan, o‘quvchilar javobini tahlil
qilayotgan, ma'qullayotgan yoki qoralayotgan paytda ham uning nutqi hamisha
o‘zining ichki kuchi, ishonchi, o‘zi gapirayotgan narsaga qiziqayotganligi bilan
ajralib turishi lozim.
O‘qituvchining
t
ashkilotchilik qobiliyati
- o‘quvchilar jamoasini
jipslashtirish, ular ishiga rahbarlik qilish, muhim vazifalarni bajarishda
ruhlantirish, ta'lim-tarbiyani oqilona tashkil etishni nazarda tutadi.
O‘qituvchi reja asosida ta'lim-tarbiyani tashkil etib, belgilangan vazifalar
qay darajada bajarilganini nazorat qilishi, vaqtdan unumli foydalanib, uni oqilona
taqsimlay olishi, o‘quvchilar tomonidan bilimlarning o‘zlashtirilishini monitoring
qilishi pedagogik jarayonning samarali kechishiga zamin yaratadi.
324
Pedagogik vaziyatdan kelib chiqib, dars davomida ortiqcha vaqt sarflash
holati sodir bo‘lishi mumkin, ammo tajribali o‘qituvchi bunday hollarda darsning
rejasini samarali o‘zgartira oladi.
Dostları ilə paylaş: |