336
Bo‘lajak o‘qituvchilarda kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish va
rivojlantirish pedagoglik kasbiga tayyorgarlik ko‘ra
boshlagan davrdan
boshlanadi.
O‘quvchilarning yangi o‘quv materialini tushunib va o‘zlashtirib olishlari
uchun o‘qituvchi nutqining takomillashganlik darajasi muhim ahamiyatga egadir.
Bolalar pedagogning nutqiy ma'lumotlariga sezgir bo‘ladir. Nutq insonning ongida
paydo bo‘lgan fikrning nutq tovushlariga til yordamida ko‘chishi ekan, u
ta'sirli
yoki
ta'sirsiz
, grammatik jihatdan
to‘g‘ri
yoki
noto‘g‘ri
tuzilgan bo‘lishi mumkin.
Pedagog bitta so‘zning o‘zini o‘quvchiga goho
buyruq
, goho
iltimos
, goho
nasihat
va boshqa ma'no baxsh etgan xilda, turli ohangda talaffuz eta bilishi kerak.
Kommunikatsiya
jarayonida
teskari
aloqalar
shakllanadi,
ya'ni
bola
hamsuhbatining yuzlaridagi ifodani o‘qishga, uning ohangida ma'qullash yoki
ma'qullamaslik
alomatini payqashga, katta yoshdagi kishining so‘zlariga ilova
bo‘ladigan va kuchaytiradigan qo‘l - barmoqlari va yuz - harakatining ma'nosini
tushunishga o‘rganadi.
Ishontirish va ma'qul qilish.
Pedagogning o‘zaro ta'sir
etishdagi barcha
vaziyatlar, asosan to‘rtta o‘zaro bog‘liq munosabatlar orqali amalga oshiriladi:
ishontirish, o‘ziga rom qila olish, taqlid qilish, uqtirish(chizma).
Ishontirish
– muayyan mavzu yuzasidan biror fikr yoki xulosani mantiqiy
asoslash, ijtimoiy fikr tug‘dirishdir. Ishontirish asosida pedagog o‘quvchilar, sinf,
guruh jamoasi, ota-onalar ongiga ta'sir qiladi va
ularni shu asosda faoliyat
ko‘rsatishga undaydi.
Dostları ilə paylaş: