Nutq orqali va so‘zsiz tushuna olish.
Kommunikativ qobiliyat fikrni, yoki
biror tushuncha, belgini anglatuvchi psixologik jarayon bo‘lib, uning namoyon
bo‘lishi uch xil tarzda namoyon bo‘ladi( -rasm).
11-rasm.
Nutq
- og‘zaki kommunikatsiya, ya'ni til yordamida munosabat qilish
jarayoni demak. Ijtimoiy tajribada biron-bir mohiyatni anglatadigan so‘zlar og‘zaki
kommunikatsiya vositasi hisoblanadi.
So‘zlar eshittirib, yoki ovoz chiqarmasdan aytilishi, yozib qo‘yilishi, kar-
soqov kishilarda - biron-bir mohiyatga ega bo‘lgan imo-ishoralar bilan
almashtirilishi (bunda harflar barmoqlar harakati (
“dakti”-barmoq, “daktilos”
–
“
imo ishorali nutq”
) bilan ifoda etiladi. Nutq:
yozma va og‘zaki nutq,
o‘z navbatida
-og‘zaki nutq:
diologik va monologik
turlarga ajratiladi (-chizma).
kommunikat-
siya turlari
og`zaki
kommunikatsiya,
nutq
yozma
kommunikatsiya
imo-ishora,
hatti harakatli
kommunikatsiya
333
12- chizma. Nutq turlari
Og‘zaki nutqning eng sodda turi
dialog
, ya'ni allaqanday masalalarni
birgalikda muhokama qilayotgan hamsuhbatlar tomonidan olib boriladigan suhbat
hisoblanadi.
Gaplashayotganlarning bir-birlariga luqma tashlash, suhbatdoshdan keyin
iboralarni va ayrim so‘zlarni takrorlash, savollar, qo‘shimchalar, izoh berish, faqat
so‘zlashayotganlar tushunadigan shamalar qilish turli xil yordamchi so‘zlar va
undovli so‘zlar ishlatish
nutq
uchun xos xususiyatdir. Nutqning o‘ziga xos
xususiyatlari ko‘p jixatdan hamsuhbatlarga bog‘liq bo‘ladi. Aksariyat hamma
joyda ham pedagog oilaviy muhitdagi dialogni hyech qachon sinfda o‘quvchilar
bilan munosabatda bo‘lgani kabi olib bormaydi. So‘zlashuv chog‘ida hissiy
hayajonlanish darajasi katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Quvongan, iymangan, hayratlangan, qo‘rqqan, jahli chiqqan kishi xotirjam
holatdagi kabi gapirmaydi: o‘zgacha ohangda, leksikonida kam ishlatadigan so‘z
va iboralardan foydalanadi.
Og‘zaki nutqning ikkinchi bir turi -
monolog
nutq bo‘lib, uni bitta kishi
boshqasiga, yoki, uni tinglayotgan ko‘plab kishilarga qarata gapiradi: bunga
o‘qituvchining hikoyasi, o‘quvchining javobi, ma'ruza va shu kabilar kiradi.
Monologik nutq tuzilishi jihatdan juda ham murakkab bo‘lib, fikrning
tugallanganligi, grammatik qoidalarga qat'iy amal qilinishi, mantiqan izchillik
bo‘lishini taqoza etadi. Monologik nutqni egallash nutqqa nisbatan katta
Nutq turlari
yozma
og`zaki
monolog
diаlog
334
qiyinchiliklar tug‘diradi, uning takomillashuvi uchun tajriba zarur bo‘ladi.
O‘qituvchilarda bu nutqni shakllantirish maxsus vazifa hisoblanadi va pedagoglar
uni ta'limning qator yillari mobaynida amalga oshirishadi.
Qiynalmasdan, bemalol suhbatlasha oladigan, lekin oldindan yozilgan
matndan foydalanmaslik monolog xarakteriga ega bo‘lgan og‘zaki axborot
(ma'ruza, keng ma'ruzalar va shu kabilar) bilan chiqishga qiynaladigan katta yoshli
odamlar ham uchrab turishi tasodifiy hol emas. Bu o‘z vaqtida o‘qituvchilar
tomonidan o‘quvchilarda monologik nutqni shakllantirishga yetarli e'tibor
berilmaganligi oqibatida yuzaga keladi.
Yozma nutq insoniyat tarixida og‘zaki nutqdan ancha keyin paydo bo‘lgan.
U bir-birlaridan makon va zamon bilan ajralib turuvchi odamlar o‘rtasida
munosabat qilish extiyoji sifatida paydo bo‘ldi va fikr shartli sxematik suratlar
yordamida ifoda etiladigan hozirgi zamon yozuviga qadar rivojlandi.
Yozuv tufayli odamlar to‘plagan tajriba, madaniy-ma'naviy qadriyatlarni
avloddan avlodga yetkazish imkoni tug‘iladi.
Yozma nutq fanda foydalaniladigan murakkab umumlashmalarni
rivojlantirishda, badiiy timsollarni yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Odamlar munosabati axborot uzatish tariqasida
kommunikator
bilan
retsepient
o‘rtasida
og‘zaki muomalaga kirishish natijasida yuzaga keladi. Odamlar
munosabatiga aloqa bog‘lovchilarning his-hayajoni ham qonuniy ravishda jalb
etilgan bo‘ladi. U munosabatga kirishganlarga nisbatan muayyan tarzda taalluqli
bo‘lib, nutqiy fikr-mulohazalar bilan qo‘shilgan holda yuzaga chiqadigan axborot
almashishning alohida, nutqsiz jihati, nutqsiz kommunikatsiya vositalari:
qo‘l,
barmoq va yuz harakatlari, imo-ishora, ohang, puaza turq-tarovat, kulgi, ko‘z
yoshi
va shu kabilar kiradiki, bular og‘zaki kommunikatsiya vositalari – so‘zlarni
to‘ldiruvchi va kuchaytiruvchi, ba'zan esa o‘rnini bosuvchi belgilar sistemasini
hosil qiladi.
335
Nutqsiz kommunikatsiya vositalari bamisoli o‘ziga xos his-tuyg‘u tili bo‘lib,
so‘z bilan ifodalanidagan til kabi u ham ijtimoiy taraqqiyot mahsuli hisoblanadi va
turli milliy madaniyatlarda bir-birlariga o‘xshamaslgi mumkin. Nutqsiz
kommunikatsiyani amalga oshirish uchun turli xil yosh guruhlarda turlicha
vositalar tanlanadi. Jumladan, tilga kirmagan go‘daklar, yosh bolalar yig‘idan
ko‘pincha katta yoshdagilarga ta'sir qilish va ularga o‘z istaklari hamda kayfiyatini
yetkazish vositasi sifatida foydalanadilar. Shu bilan birga og‘zaki kommunikatsiya
ta'sirini kuchaytirishda munosabatga kirishuvchilarning fazoda joylashuvi muhim
axamiyatga egadir.
Nutqsiz kommunikatsiyada qo‘llanilayotgan vositalarning axborotni so‘z
bilan yetkazish maqsadlariga va mazmuniga muvofiqligi munosabat madaniyatini
tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Ayni paytda nutqsiz kommunikatsiya –
imo-
ishora, pantomimika, nutqning ohangdagi rang-barangligi
kabilar asosida ham
rivojlanishi mumkin.
Ma'lumki, bo‘lajak o‘qituvchilar nazariy bilimlarni egallash bilan birga
amaliy malaka va ko‘nikmalarni ham egallashlari zarur. Demak, pedagogik,
psixologik bilimlar asosida o‘quvchilarning ilmiy bilim, malaka va ko‘nikmalarni
o‘zlashtirishini ta'minlash, darsni loyihalashtirish, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish,
o‘quvchilarning individual, jamoa, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarini tashkil
qila olish, sport bilan shug‘ullanish, sayohat uyushtirish va ularga rahbarlik qilish,
ota-onalar, jamoatchilik o‘rtasida olib boriladigan tadbirlarga rahbarlik qilish, va
boshqa tarbiyaviy malaka hamda ko‘nikmalarni olib borishlaridan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |