320
bir yoshning qobiliyati, iqtidori va iste'dodini ruyobga chiqarish vazifasi belgilab
olingan.
Qobiliyat
– shaxsning muayyan faoliyat turini muvaffaqiyatli bajarishga
bo‘lgan layoqat
darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida hosil qilingan
individual xususiyatlari yig‘indisidir. Qobiliyatning shakllanishi va rivojlanishida
shaxsning tug‘ma iste'dod nishonalari,
yashash sharoiti, ta'lim-tarbiya, ayniqsa,
uning faolligi muhim ahamiyatga ega. Qobiliyat bilim, ko‘nikma va malakalarga
asoslanadi. Qobiliyatning eng yuqori darajasi talantdir.
Bilim orttirishdagi muvaffaqiyatning o‘zi bilan qobiliyatni aniqlab
bo‘lmaydi. Insonning qobiliyatlari bilim va ko‘nikmalarni
egallash uchun
imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi. Bilim va ko‘nikmalar egallanishi sharoitlarga
bog‘liqdir. Bolada namoyon bo‘lgan musiqa qobiliyati uning musiqachi bo‘lib
yetishishiga kafolot bo‘la olmaydi. Bolaning musiqachi bo‘lishi
uchun unga
maxsus ta'lim berilishi, qat'iyatlilik, sabr
kabi sifatlarni singdirilishi, salomat
bo‘lishi, musiqa asboblarining mavjudligi va boshqa bir qator sharoitlarga bog‘liq
bo‘ladi. Bularsiz qobiliyat taraqqiy etmay, so‘nib ketishi ham mumkin. O‘quvchida
hali zaruriy ko‘nikma va malakalar tizimi, mustahkam bilimlar tarkib topmasdan,
unda qaobiliyatlar yo‘q, deb xulosa chiqarish ham mumkin emas. Bolalik paytida
ma'lum qobiliyatlarning atrofdagilar tomonidan tan olinmaganligi, keyinchalik shu
qobiliyat tufayli shon-shuhrat topgan odamlar ham bor.
Agar shaxsning ma'lum sifatlari yig‘indisi
odamning pedagogik jihatdan
asoslab berilgan vaqt oralig‘ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa, demak
unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati bor,
deb xulosa chiqarishga asos
bo‘ladi. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo‘ladi. Qobiliyatlar
taraqqiyotining yuksak bosqichiga iste'dod deb qaraladi.
Dostları ilə paylaş: