84
o'zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta'lim iy-tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish
yo'llarini belgilash uchun qo'llaniladi. Ilmiy kuzatishlar esa nafa
q
at
respondent(o‘rganilayotgan sub'ekt)larning
tabiiy faoliyatini balki
ularning ilmiy dunyoqarashlarini shakllanishi, fikrlash jarayonining
koeffitsientini, kuchini, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi,
ularni tahlil qiladi.
Bunday kuzatishlar
q
ibat natijada pedagogika fani
mazmunini boyishiga sabab bo'ladi. Ilmiy kuzatish orqali respondentlar (bular
maktabgacha tarbiya yoshidagilar, o‘quvchi, talabalar bo‘lishi mumkin)ning
o‘rganilayotgan muammo yuzasidan sifat va son ko‘rsatkichlarini aniqlashga
yordam beradi. Bu metod tadqiqotchining pedagogik
tajribaning muayyan bir
tomoni va hodisalarini biror maqsadni ko‘zda tutib tashkil etiladi. Bunda
kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish ob'ekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish
uchun ajratiladigan xarakteristika va boshqalar hisobga olinadi.
Pedagogik kuzatish metodini qo‘llash jarayonida ta'lim muassasalarining o‘quv-
tarbiya ishlari jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holati
aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi
farq to‘g‘risidagi ma'lumotga ega bo‘linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va
o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va
tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan
pedagogik
kuzatish
ta'lim-tarbiya
sifatini
oshirish, o‘quvchi
shaxsini
shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik muhimdir. Buning
uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:
1) kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;
2) kuzatishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish;
3) kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;
4) har bir holatning mohiyatini sinchiklab o‘rganish;
5) xulosa chiqarishga shoshilmaslik
Dostları ilə paylaş: