81
Pedagogik voqyelikni to‘g‘ri aks ettirishda tadqiqotchi sog‘lom fikr sohibi bo‘lish
uchun metodologik madaniyatni egallashi shart”
22
Bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy pedagogikaning metodologik
masalalariga qiziqish katta. Ijtimoiy hayot davomiyligi va fan rivojining yuqori
pog‘onasi shaxs kamolotida yechimi birmuncha qiyin bo‘lgan savollarni yuzaga
chiqarmoqda. Masalan, shaxsning ma'naviy kiyofasini sotsiokorreksiya kilish
masalalari, shaxs tarbiyasida vujudga kelayotgan illatlar, nuqsonlarning paydo
bo‘lishi, ularni bartaraf etish yo‘llari, metodlari va boshqalar. Tabiiyki, bu
masalalarni hal etishda eskicha yondashuvlar yordam bera olmaydi. Metodologiya
ham amaliyot talablaridan ortda qolmaydi va ijtimoiy qadriyatlarning o‘zgarish
qonuniyatlariga bog‘liq holda rivojlanadi.
Birinchi navbatda yangi metodlarni izlab topish jarayoni davom etmoqda,
mavjudlarini tubdan takomillashtirish, ilmiy bilish mantiqini loyihalash,
tadqiqotlar samarasini oshiradigan texnikaviy qurilmalarni yaratishga e'tibor
qaratilgan. Boshqa tomondan, metodogiyaning dunyoqarash jihatlari – chuqur
nazariy umumlashma, bashoratlash, fan strategiyasini va uning mavqyeini oshirish
jamiyat islohotlariga mos ravishda amalga oshirilmoqda. Bu jarayonlarning
tezlashuvini ta'minlashda o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan
to‘la xalos bo‘lish, milliy g‘oyani fuqarolar ongiga singdirish muhim ahamiyat
kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: