82
yoritish va materiallar to'plash uchun maxsus metodlar va vositalardan
foydalanadi. Ular fanning metodlari deb yuritiladi.
Zamonaviy fanning ilmiy -tadqiqot metodlari
yosh avlodni tarbiyalash, bilimli
qilish va o'qitishning aniq jarayonlariga xos bo'lgan ichki aloqa va munosabatlarini
bilish yo'llari, usullari va vositalarini o‘rganadi.
Pedagogikaning ilmiy -tadqiqot metodlari qanchalik to'gri tanlansa ta'lim -
tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi,
pedagogika fani ham boyib boradi.
Fanning salohiyati va nufuzi avvalambor
mazkur metodlar yordamida
to'plangan ma'lumotlarning ob'ektivligi va ishonchliligiga bog'liq bo'ladi.
Metod
(lotincha «metodos»-«yo'l», “uslub”) tadqiqot yo'li, nazariya, ta'limot,
deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida "metod" so'zi keng ma'noda:
muayyan muammo yechimini topishga yo‘naltirilgan uslubni, malum maqsadga
erishish yo'lini, tor ma'noda: tabiat va ijtimoiy
hayot hodisalarini hamda
qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish uslubini bildiradi.
Pedagogikada shunday maxsus metodlar mavjudki, ular yordamida ta'lim -
tarbiya jarayoniga taalluqli
muhim faktlar, turli pedagogik vaziyatlar mohiyatlari,
mexanizmlari, xususiyatlari o'rganiladi.
Pedagogika fanining ilmiy- tadqiqot metodlari qanchalik to‘g‘ri qo‘llansa,
ta'lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada
yuksaladi.Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda
quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:
1. Pedagogik kuzatish metodi.
2. Suhbat metodi.
3. Anketa metodi.
4. Intervyu metodi.
5. Ta'lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.
6. Test metodi.
7. Pedagogik tahlil metodi.
8. Bolalar ijodini o‘rganish metodi.
83
9. Pedagogik tajriba metodi.
10. Matematikaviy statistika metodi.
11.
Dostları ilə paylaş: