105
beshinchidan,
o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or
shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, o‘quvchilarning o‘quv,
psixologik va jismoniy yuklamasini optimallashtirishni hisobga olgan holda ta'lim-
tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
oltinchidan,
mazmun va sifat jihatidan xalqaro
talablarga javob beradigan,
ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda
yangilangan o‘quv reja va dasturlarga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv va o‘quv-
metodik adabiyotlarning yangi avlodi yaratilishi va nashr etilishini tashkil qilish;
yettinchidan,
mehribonlik uylari
faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar
qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy
himoya qilinishini ta'minlash, ularning ijtimoiy-mehnat ko‘nikmalarini
hosil
qilishiga va jamiyatga uyg‘unlashuviga ko‘maklashish;
sakkizinchidan,
rivojlanishida turli nuqsonlari bo‘lgan hamda davolanishga va
sog‘lomlashtirishga muhtoj bo‘lgan bolalarning (shu jumladan inklyuziv) ijtimoiy
kafolatlarini ta'minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning
ta'lim-tarbiya olishlari uchun moslashuv muhitini yaratish, imkoniyatlari
cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari (maktablar,
maktab-internatlar)
faoliyatini muvofiqlashtirish;
Dostları ilə paylaş: