101
– maktabdan tashqari ta'lim.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri sifatida fan, yana
shuningdek, «ta'lim mazmunini tubdan yangilashda: ta'lim standartlari, ta'lim
dasturlari, o‘quv darsliklari va qo‘llanmalar tayyorlashda, ilmiy-metodik ta'minotni
amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi».
Fan
yuqori malakali mutaxassisni tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or
pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi bo‘lib, «kadrlar
tayyorlash milliy tizimida tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to‘g‘risidagi
yangi fundamental va amaliy bilimlardan foydalanishni, yuqori malakali ilmiy va
ilmiy-pedagog kadrlar
tarkibini shakllantirishni, ulardan ta'lim tizimida unumli
foydalanishni, shuningdek, kadrlar tayyorlash jarayonining ilmiy tadqiqotlar
infrastrukturasini
yaratish, ta'limning axborot tarmoqlarida foydalanish uchun
bilimning turli sohalari bo‘yicha axborot bazasini shakllantirishni
hamda ilmiy
tadqiqotlar darajasiga yangicha qarashlar zamirida yosh olimlarning,
ilmiy-
pedagogik xodimlarning ijtimoiy mavqyei va obro‘sini oshirishni va shu kabilarni
qamrab oladi».
Avvallari ishlab chiqarish tayyor kadrlar kuchi va salohiyatidan foydalanuvchi
iste'molchi sifatidagina faoliyat olib borgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu
faoliyatning mazmuni tubdan o‘zgardi. Endilikda
ishlab chiqarish kadrlarni
tayyorlash sifati va saviyasiga nisbatan o‘z talablarini qo‘ya oladi. Shu bilan birga
sifatli hamda yuksak saviyali mutaxassisni tayyorlab yetishtirish yo‘lida uzluksiz
ta'lim hamda fan tarmoqlarining moliyaviy, moddiy-texnik jihatdan qo‘llab-
quvvatlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Shu
asosida kadrlar tayyorlash
tizimining faol ishtirokchisiga aylandi.
Uzluksiz ta’lim
malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning
barcha turlari, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash
tizimi tuzilmasi va uning
faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.
Fan
yuqori malakali mutaxassisni tayyorlaydi va ulardan foydalanadi, ilg‘or
pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqadi.