97
ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga
qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilgari surilgan maqsadning to‘laqonli
ro‘yobga chiqarish bir qator vazifalarning ijobiy hal qilinishini nazarda tutadi.
Dasturda bu boradagi vazifalarning quyidagilardan iboratligi ko‘rsatiladi:
– «Ta'lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq ta'lim
tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda ta'lim va kadrlar
tayyorlash sohasida, raqobat muhitini shakllantirish negizida ta'lim tizimini yagona
o‘quv, ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta'minlash;
– ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan
demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga
moslashtirish;
– kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan
ta'minlash, pedagogik faoliyatining nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish;
– kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy
taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan,
madaniyat, texnika va
texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
– ta'lim oluvchilarni ma'naviy axloqiy tarbiyalashning va ma'rifiy ishlarning
samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va
joriy etish;
– ta'lim va kadrlar tayyorlash, ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish
va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;
– yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta'limning talab qilinadigan darajasi va
sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror
rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta'minlovchi normativ, moddiy-texnika
va axborot bazasini yaratish;
– ta'lim, fan, ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta'minlash,
tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan
davlatning talablarini,
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning
maqsadi
– ta’lim sohasini tubdan isloh
qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to‘la xalos etish,
rivojlangan demokratik
davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga
javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir.
98
shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning
buyurtmalarini
shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;
– uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari
mablag‘lar, shu jumladan, chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
– kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro manfaatli
xalqaro hamkorlikni
rivojlantirish.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan
iboratdir:
Dostları ilə paylaş: