1-MAVZU. XAVFSIZLIK
MUAMMOLARI. MIKROIQLIM
SHAROITI VA UNING INSON
FAOLIYATIGA TA’SIRI
Reja:
1.1. Fanning asosiy tushuncha va ta’riflari.
1.2. Tavakkal nazariyasining asosiy qoidalari.
1.3. Xavfsizlikning sistemali taxlili.
1.4. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash prinsip,
usul va vositalari
1.5. Ishlab chiqarishda
mikroiqlim va ishchi
hududining havo muhiti.
1.6. Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik
normalari.
Tayanch iboralar:
Xavf, faoliyat xavfsizligi,
taksonomiya, xavflarning nomenklaturasi, xavfsizlik
konsepsiyasi, texnologik jarayonlar, mikroiqlim,
ishchi
hududining
havo
muhiti,
vibratsiya,
ventilyasiya, yoritish, gigienik normalar.
1.1.
Fanning asosiy tushuncha va ta’riflari.
Xavf
– hayot faoliyat xavfsizligining (HFX)
markaziy tushunchasi bo’lib, u xodisa, jarayon va
ob’ektlarning inson sog’ligiga to’ridan-to’g’ri yoki
bilvosita ma’lum sharoitda
qay darajada zarar
yetkazish qobiliyatini tushuniladi, ya’ni ko’ngilsiz
oqibatlarni olib keladi.
Taxlilning
maqsadiga
ko’ra
xavfni
xarakterlovchi belgilarning soni ko’payishi yoki
kamayishi mumkin. HFX dagi xavfga berilgan
yuqoridagi
ta’rif
mavjud
bo’lgan
standart
tushunchalarni (xavfli
va zararli ishlab chiqarish
omillari) o’ziga tortuvchi, xamda faoliyatning xamma
turlarini xisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir
[1].
Xavf energiyaga ega bo’lgan kimyoviy yoki
biologik aktiv komponentlarni o’zida
joylashtirgan
xamma sistemalarni, hamda inson xayot faoliyati
sharoitiga javob bermaydigan tavsiflarni o’zida
saqlaydi.
Dostları ilə paylaş: