ishlovchilarni maxsus kiyim va poyafzal,
shaxsiy himoya vositalari, parxez ovqatlar bilan bepul
ta’minlash;
korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz
shart-sharoitlarini yaratishga ko‘maklashuvchi
soliq
siyosatini yuritish;
ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va
har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda
hisobga olib borishning
va shu asosda ishlab
chiqarishdagi
jarohatlanishlar
hamda
kasb
kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini
xabardor qilishning majburligi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan
jabrlangan
yoki
kasb
kasalligiga
yo‘liqqan
ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash;
kasaba
uyushmalari
va
boshqa
jamoat
birlashmalari,
korxonalar
va
alohida
shaxslar
mehnatini muhofaza qilishni ta’minlashga
qaratilgan
faoliyatini har tomonlama qo‘llab quvvatlash;
mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal
etish chog‘ida halqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
prinsplariga asoslanadi;
korxonalar, mutaxassislar, fuqarolar mehnatini
muhofaza qilish muammolarini
hal etish uchun
O‘zbekiston Respublikasining jamoat birlashmalari
to‘g‘risidagi qonunga muvofiq amal qiladigan jamoat
birlashmalariga uyushishlari mumkin.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari,
nazorat
qilish
idoralari,
shuningdek,
korxonalar
bu
birlashmalarga har tomonlama yordam va madad
ko‘rsatadilar hamda mehnatni muhofaza qilishni
ta’minlash masalalari bo‘yicha qarorlar tayyorlash va
qabul qilishda ular
ishlab chiqqan nizomlar va
tavsiyalarni hisobga oladilar.
O‘zbekiston
Respublikasi
korxonalari
va
fuqarolari xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida
ishlarni bajarayotganlarida, mehnatni muhofaza qilish
bo‘yicha ularda ko‘zda tutilgan talablar agar o‘zgacha
shartlashilmagan bo‘lsa, ushbu Qonunga O‘zbekiston
Respublikasining
«Mehnat
to‘g‘risida»
gi
Qonunlaridan qo‘llaniladi.
O‘zbekiston
Respublikasi
korxonalarda
ishlayotgan chet el fuqarolari uchun mehnatni
muhofaza qilish masalalariga
doir munosabatlarni
tartibga
solishning
o‘ziga
xos
xususiyatlari
manfaatdor tomonlarning o‘zaro bitimlari bilan
belgilab qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: