Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar
boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan
davlat va jamoatchilik nazorati
Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va
boshqa me’yoriy hujjatlarga hamma joylarda rioya
etilishi ustidan davlat nazoratini bunga maxsus
vakolat berilgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tasdiqlaydigan nizom asosida ishlovchi
davlat idoralari amalga oshiradilar.
Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va
boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan
jamoatchilik nazoratini mehnat jamoalari va kasaba
uyushmasi tashkilotlar tomonidan mehnatni muhofaza
qilish bo‘yicha o‘zlari saylaydigan vakillar amalga
oshiradilar.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘zlari
maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan vakil ish joylarida
mehnat
muhofazasining
ahvolini
moneliksiz
tekshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va
aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida
takliflar kiritish huquqiga egadir. Mehnat muhofazasi
bo‘yicha vakilga o‘z vazifalarni bajarish uchun har
haftada ish paytida kamida ikki soat vaqt ajratib
beriladi va o‘rtacha ish haqi miqdorida haq to‘lanadi.
Kasaba uyushmalari davlat va xo‘jalik idoralari
oldida xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga
doir huquqlarini himoya qiladilar, uning ro‘yobga
chiqarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar, ana
shu maqsadda o‘z qaramog‘larida nizom asosida
ishlovchi mehnat texnik inspeksiyasiga ega bo‘ladilar,
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat siyosatini
ishlab chiqarishda, me’yoriy va huquqiy faoliyatda
ishtirok etadilar. Mehnat muhofaza qilish masalalariga
doir barcha me’yoriy hujjatlar (standartlar, qoidalar,
me’yorlar, yo‘riqnomalar va hakozo) kasaba
uyushmalari oldindan ko‘rib chiqqanidan keyin
tegishli idoralar tomonidan qabul qilinadi.
Kasaba uyushmalari o‘z tashabbusi bilan yoki
ishlovchilarning iltimosi bilan korxonalarda mehnatni
muhofaza qilishga oid qonunlar va boshqa me’yoriy
hujjatlarga rioya etilishini, jamoa shartnomalari va
bitimlari
bajarilishini
tekshirish,
aniqlangan
kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida qarorlar qabul
qilish yoki ma’muriyatga taqdimnomalar kiritishga
haqlidir.
Mansabdor shaxslar ularni bajarishni asossiz rad
etgan yoki odamlar sog‘ligi yohud hayotiga xavf
tug‘diruvchi qonunga zid xatti-harakatlar qilgan,
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni hisobga
olishdan yashirgan taqdirda kasaba uyushmalari
aybdorlarni
egallab
turgan
lavozimidan
bo‘shatishgacha javobgarlikka tortish, shuningdek
aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar
ishlarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi talablar bilan
davlat va huquqni muhofaza qilish idoralariga
murojaat etishga haqlidirlar.
Xodimning mehnatini muhofaza qilinishiga
bo‘lgan huquqlari ro‘yobga chiqarilishi ustidan
nazoratni
amalga
oshirish
chog‘ida
kasaba
uyushmalarining mehnat bo‘yicha texnik inspeksiyasi
istalgan korxonani bemalol ko‘rish, aniqlangan
nuqsonlarni bartaraf etish to‘g‘risida ma’muriyatga
ko‘rsatmalar berish, mansabdor shaxslarga jarima
solish, agar bundan buyon ishlatiladigan uskunalar
mehnat qiluvchilar sog‘ligi yoki hayotiga xavf
tug‘dirsa uskunalar, uchastkalar, sexlar ishilari
vaqtincha to‘xtatib qo‘yish, ishlab chiqarishda xodim
duchor bo‘lgan baxtsiz hodisalarni tekshirishda
qatnashish (yoki uni mustaqil o‘tkazish)ga haqlidir.
Kasaba
uyushmalari
belgilangan
tartibda
mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni
ishlab chiqishda va kelishib olishda ishtirok etadilar,
ular bilan kelishib olinmagan hujjatlarning kuchga
kiritilishiga qarshi tegishli davlat idoralari orqali
protest kiritish huquqiga egadirlar.
Kasaba uyushmalari ishlab chiqarish vositalarni
sinash
va
foydalanishga
qabul
qilish
davlat
komissiyalari ishida, ishlab chiqarishdagi kasb
kasalliklarini tekshirishda, tibbiy-mehnat ekspert
komissiyasi (TMEK) majlislarida ishtirok etadilar,
mehnat muhofaza qilishining ahvolini, uni yaxshilash
bo‘yicha jamoa shartnomalarida ko‘zda tutilgan
tadbirlar bajarilishini tekshiradilar va ularning
natijalari yuzasidan aniqlangan nuqsonlarni bartaraf
etishga qaratilgan bajarilishi shart takliflar kiritadilar.
Xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida mayib
bo‘lish yoki salomatlikka boshqacha tarzda putur
etishi tufayli keltirilgan zarar qoplanishi uchun hamda
xodimlarning salomatligi va mehnati muhofaza
qilinishiga bo‘lgan huquqlari cheklangan boshqa
hollarda kasaba uyushmalari o‘z tashabbusi bilan yoki
ishlovchilarning
arizalariga
binoan
ularning
huquqlarini himoya qilib da’vo arizalari bilan sudga
murojaat etishlari mumkin.
Korxonalar mehnatni muhofaza qilishga doir
talablar
ta’minlanmaganligi
uchun
ishlab
chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan
ijtimoiy sug‘urta qilish maqsadlariga oshirilgan
tariflar bo‘yicha mablag‘lar ajratadilar. Tariflar
mehnat sharoiti, bajariladigan ishlar xavfliligi,
zararliligi va og‘irligiga bog‘liq holda vaqti-vaqti
bilan qayta ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining
mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi bergan xulosa
tariflarni qayta ko‘rib chiqish uchun asos hisoblanadi.
Mehnatni muhofaza qilish talablariga javob
bermaydigan ishlab chiqarish ahamiyatiga molik
mahsulot ishlab chiqarayotgan va etkazib berayotgan
korxonalar
iste’molchilarga
etkazilgan
zararni
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanadigan
tartibda va shartlarda qoplaydilar.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha standartlar,
qoidalar
va
me’yorlarning
O‘zbekiston
Respublikasida belgilangan talablariga nomuvofiq
ishlab chiqarish vositalarini, yakka tartibdagi va
jamoani himoyalash vositalarini, shu jumladan
xorijdan sotib olinganlarini sotish va targ‘ib qilish
g‘ayriqonuniy hisoblanadi. Bunday faoliyat natijasida
korxona olgan foyda belgilangan tartibda davlat
hisobiga musodara qilinishi kerak.
|