O‘zbekiston
Respublikasi
hududida
mulkchilikning barcha
shakllaridagi korxonalar,
muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek, mehnat
shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan
ayrim fuqarolarda
mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan
hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil
zararlanishini tekshirish va hisobga olishning yagona
tartibini belgilaydi.
Mazkur tartib:
ishlab chiqarishda
ishlayotgan davrida sud
hukmi bo‘yicha jazoni o‘tayotgan fuqarolarga;
ish beruvchilarga;
pudrat va topshiriqlarga ko‘ra fuqarolik-
huquqiy
shartnomalarlar
bo‘yicha
ishlarni
bajarayotgan shaxslarga;
tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda
vaziyatlarni
bartaraf
etishda
qatnashayotgan
fuqarolarga;
agar maxsus davlatlararo bitimda o‘zgacha
hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa yollanib ishlayotgan chet el
fuqarolarga;
qurilish, qishloq xujaligi va harbiy xizmatni
o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘zga ishlarni bajarish
uchun korxonaga yuborilgan
harbiy xizmatchilarga,
shu jumladan, muqobil xizmatni o‘tayotgan harbiy
xizmatchilarga;
korxonada
ishlab
chiqarish
amaliyotini
o‘tayotgan talabalar va o‘quvchilarga ham tadbiq
etiladi.
Izoh.
Oliy o‘quv
yurtlari talabalari, kollejlar,
o‘rta maxsus, o‘quv yurtlari, litseylar,
hunar-texnika
bilim yurtlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilari
bilan o‘quv-tarbiya jarayonida yuz bergan baxtsiz
hodisalar Mehnat vazirligi bilan kelishilgan holda
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda
tekshiriladi va hisobga olinadi.
Korxona hududida va uning tashqarisida mehnat
vazifasini
bajarayotganda
(shuningdek,
xizmat
safarlarida)
yuz bergan jarohatlanish, zaharlanish,
kuyish, cho‘kish, elektr toki va yashin urishi, o‘ta
issiq yoki o‘ta sovuq harorat ta’siri, portlash, falokat,
imoratlar, inshoatlar va konstruksiyalar buzilishi
natijasida
hamda sudralib yuruvchilar, hayvonlar va
hashoratlar tomonidan shikastlanishlar, shuningdek,
tabiiy ofatlar (er qimirlashlar, o‘pirilishlar, suv
toshqini,
to‘fon
va
boshqalar)
natijasida
salomatlikning boshqa xil zararlanishlari:
ish beruvchi topshiriq bermagan bo‘lsa ham,
lekin korxona manfaatlarini ko‘zlab
qandaydir ishni
amalga oshirilayotgandagi;
avtomobil, temir yo‘l, havo yo‘llari, dengiz
va daryo transportida, elektr transportida yo‘l harakati
hodisasi natijasidagi;
korxona
transportida
yoki
shartnoma
(buyurtma) ga muvofiq o‘zga tashkilot transportida
ishga ketayotgan yoki ishdan qaytayotgandagi;
ish vaqtida shaxsiy transportda, uni xizmatga
oid safarda ishlatish huquqi berilganlik haqida ish
beruvchi farmoyishi bor bo‘lgandagi;
mehnat faoliyati xizmat ko‘rsatish ob’ektlari
orasida yurish bilan bog‘liq
ish vaqtida jamoat
transportida yoki piyoda ketayotgandagi;
shanbalik (yakshanbalik) o‘tkazilayotganida,
qaerda o‘tkazilishidan qat’iy nazar, korxonalarga
otaliq yordami ko‘rsatilayotgandagi;
ish vaqtida mehnat vazifasini bajarayotganda
boshqa shaxs tomonidan tan jarohati etkazilgandagi.
Dostları ilə paylaş: