Ishlovchilarning hayot faoliyati havfsizligiga
doir huquqlarini ruyobga chiqarishdagi kafolatlari
Mehnat shartnomasi (bitimi) shartlari mehnatni
muhofaza qilishga oid qonunlar va boshqa me’yoriy
hujjatlarning talablariga muvofiq bo‘lishi shart.
Fuqarolarni ularning salomatligiga zid bo‘lgan ishga
qabul qilish man qilinadi.
Ma’muriyat xodimni kasb kasalligining paydo
bo‘lish ehtimoli yuqori darajada ekanligi oldindan
ayon bo‘lgan ishga qabul qilayotganda uni bu haqida
ogohlantirishi shart.
Korxona sog‘liqni saqlash idoralari tomonidan
belgilangan tartibga muvofiq ravishda bir qator
kasblar va ishlab chiqarishlarning xodimlarini mehnat
shartnomasini imzolash paytida-dastlabki tarzda va
mehnat shartnomasi amal qiladigan davrda vaqti-vaqti
bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart.
Xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bosh tortishga
haqli emaslar.
Xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bosh
tortsalar yoki o‘tkazilgan tekshirishlarning natijalari
bo‘yicha tibbiy komissiyalar beradigan tavsiyalarni
bajarmasalar, ma’muriyat ularni ishga qo‘ymaslik
xuquqiga egadir.
Xodim,
agar
u
o‘zining
salomatligi
yomonlashishi mehnat sharoiti bilan bog‘liq deb
hisoblasa,
navbatdan
tashqari
tibbiy
ko‘rik
o‘tkazilishini talab qilish xuquqiga ega.
Tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish paytida xodimning
ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi
saqlanadi.Ma’muriyat mehnatni muhofaza qilishning
zamonaviy vositalarini joriy etilishi va ishlab
chiqarishda jarohatlanish hamda kasb kasalliklarining
oldini
oladigan
sanitariya-gigiena
sharoitlarini
ta’minlashi shart.
Xodimning salomatligi yoki hayotga xavf
tug‘diruvchi vaziyat paydo bo‘lganda, u bu haqda
zudlik bilan ma’muriyatga xabar qiladi, bu hol nazorat
organlari
tomonidan
tasdiqlangan
taqdirda
ma’muriyat ishni to‘xtatishi va xavfni bartaraf etish
chorasini ko‘rishi shart. Ma’muriyat tomonidan zarur
choralar ko‘rilmagan taqdirda, xodim ishni xavf
bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turishga haqlidir va
unga hech qanday intizomiy jazo berilmaydi.
Ma’muriyat, agar mehnatni muhofaza qilish
inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan, xodimning
hayoti va salomatligi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri jiddiy
xavf hamon saqlanib turgan bo‘lsa, undan ishni qayta
boshlashni talab qilishga haqli emas va xodimga ish
to‘xtatib turilgan butun davr uchun barcha moddiy
ziyonni to‘lashi shart.
Ma’muriyat
mehnatni
muhofaza
qilish
to‘g‘risidagi qonunlarni buzgan va bu nazorat qiluvchi
idoralar tomonidan tasdiqlangan taqtirda, mehnat
shartnomasi xodimning arizasiga ko‘ra unga ishdan
bo‘shaganda beriladigan pul to‘langani xolda, istalgan
paytda bekor qilinishi mumkin.Xodimda kasb
kasalligi belgilari aniqlangan taqdirda ma’muriyat
tibbiy hulosa asosida uni ixtisosini o‘zgartirgunga
qadar o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda boshqa
ishga o‘tkazishi lozim.
Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan
rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha davlat
nazorat idoralari belgilagan tartib va muddatlarida
o‘qishlari,
yo‘l-yo‘riqlar
olishlari,
bilimlarini
tekshiruvdan
o‘tkazishlari
hamda
qayta
attestatsiyadan o‘tishlari shart.
Ma’muriyat barcha yangi ishga kirayotganlar,
shuningdek boshqa ishga o‘tkazilayotganlar uchun
ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini o‘rgatishni
tashkil etishlari, mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz
hodisalarda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish
bo‘yicha yo‘l -yo‘riqlar berishlari shart.
O‘ta xavfli ishlab chiqarishlarga yoki kasbiy
tanlov talab qilinadigan ishga kirayotgan xodimlar
uchun mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha imtihonlar
topshiriladigan va keyin vaqti-vaqti bilan qayta
attestatsiyadan o‘tiladigan o‘quv o‘tkaziladi.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan
tartibda o‘qitish, yo‘l-yo‘riqlar berish va bilimlarni
tekshirishdan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish
taqiqlanada.
Ma’muriyat xodimlarning mehnatni muhofaza
qilish masalalari bo‘yicha malakasi muntazam oshirib
borilishini ta’minlashi shart.
Korxona xodimlari ish joylaridagi mehnat
sharoitlarining ahvoli va muhofaza qilinishi, bunda
lozim bo‘lgan shaxsiy himoya vositalari, imtiyozlar va
tovon pullari to‘g‘risida axborot talab qilish huquqiga
egadirlar, ma’muriyat esa ularga bunday axborotni
berishi shart.
Xodimlarning
ayrim
toifalari
(xotin-qizlar,
yoshlar, mehnat qobiliyati cheklangan shaxslar)
shuningdek mehnatning og‘ir va zararli sharoitlarida
ishlovchi xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga
xos xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari
bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |