hisoblaniladi chunki u baxtsiz xodisalarni aniqlashga
imkon bermaydi.
Mehnat sharoitlarini tashkil qiluvchi omillar
Mehnat
sharoitlari–ish
jarayonida
inson
salomatligi va ishga layoqatliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi
ishlab chiqarish muhiti omillari yig‘indisidir. Mehnat
sharoitlari shikastlanishlar va kasb kasalliklari yuzaga
kelishi uchun har qanday shart-sharoitni
istisno etish
kerak. Mehnat sharoitlarini tashkil qiluvchi omillar
odatda 4 ta asosiy guruhga bo‘linadi.
1. Guruh–
sanitar-gigienik
ishlab
chiqarish
muhiti, ish hududini xarakterlaydigan ko‘rsatkichlarni
o‘z ichiga oladi. Qo‘llaniladigan uskunalar va
texnologik jarayonlarga bog‘liq bo‘lib,
miqdoriy
baholanishi mumkin va me’yorlanadi.
Sanitar-gigienik omillar:
a) yoritilganlik (tabiiy, sun’iy);
b) mikroiqlim;
v) havo xarorati, S;
g)
nisbiy namlik, %;
d) havo harakati tezligi, m/s;
e) havo muhitida zaharli moddalar (bug‘lar,
gazlar, aerozollar) mg/m
3
;
j) mexanik tebranishlar:
tebranish
(titrash)
(Gs-chastota,
mm,
amplituda, tebranish tezligi-m/s);
shovqin (oktava chiziqlari,
Gs-chastotasi,
tovush bosimi darajasi-Db);
ultratovush (shovqin kabi);
infraqizil, ultrabinafsha, ionlashish nurlanish
(km, m, dm, sm, mm);
radiochastotalar to‘lqinlari (Gs, kGs, Mgs);
atmosfera bosimi (dengiz
darajasidan ham
baland: m, mm, barometrik, simob ustuni);
kasbiy infeksiyalar va biologik agentlar.
2. Guruh–mehnat jarayoni bilan shartlanadigan
psixo-fiziologik
. Ushbu guruhdan faqat bir qismi
miqdoriy baholanadi.
Psixofiziologik (mehnat) omillari:
a) jismoniy vazifa (kkal);
b)
ish holati;
v) asab–psixologik–aqliy,
asab–hissiyot,
ko‘rishning zo‘rayishi, asab-ruhiy vazifa;
g) mehnat jarayonining bir xilligi;
d) mehnat va hordiq tartibi (rejimi):
smena ichi (tushlikka tanaffus);
sutkalik (ish smenalarining davomiyligi);
yillik (ta’tilning davomiyligi);
3. Guruh–
estetik
omillar
,
ishlayotganlar
tomonidan atrof-muhit ahvoli va uning elementlari
qabul
qilinishi
bilan
xarakterlanadi,
miqdoriy
baholanmaydi.
Estetik omillar:
a) ish hududida Yorug’lik tovush muhiti
kompozitsiyasining
uyg‘unligi,
havo
muhiti
hidlarining hushbuyligi, hamohanglik kompozitsiyasi,
ish holatlari va mehnat harakatlarining uyg‘unligi;
b) jamoaning ijtimoiy – ruhiy birdamligi;
v) jamoada guruhlararo
munosabatlar xarakteri
(janjalli holat, darajasi);
4. Guruh–mazkur mehnat jamoasida psixologik
iqlimni xarakterlaydigan
sotsial-psixologik
omillar,
miqdoriy baholanmaydi.
Dostları ilə paylaş: