Xar qanday statistik tekshirish kabi, bu usul
bilan baxtsiz xodisalarni
taxlil qilishda xam
olingan material, asosan baxtsiz xodisa xaqida
tuzilgan
H-I
formadagi
akt
xar
tomonlama
o‘rganiladi. Aktda baxtsiz xodisa yuz bergan joy,
jarohatlanish tavsifi, og‘irlik
darajasi, voqea
sutkaning qaysi vaqtida yuz berganligi xaqidagi
ma’lumotlar aks etadi.
2. Monografik usul
.
Bu usulning mohiyati
shundaki, baxtsiz xodisa yuz bergan ayrim sex,
uchastka yoki ishlab chiqarish xonasi chuqur va xar
tomonlama
o‘rganiladi.
Asosiy
diqqat-e’tibor
texnologik jarayonlarning cheklanishi,
ayrim ish
usullari, ishlab chiqarishning xavfli lahzalari va
sanitariya-gigienik mehnat sharoitiga qaratilishi
kerak. Bu usulda korxonalarda ruy bergan baxtsiz
xodisalar, avariyalar
va kasb kasalliklarining
sabablari aniqlanadi va o‘rganiladi.
Xuddi shunday taxlillar turdosh korxonalar
buyicha xam o‘tkaziladi.
Monografik usul ishlab chiqarish sharoitida
kelib chiqishi mumkin bo‘lgan potensial baxtsiz
xodisalarni
aniqlash
imkoniyatini
beradi.
SHuningdek, ko‘rilayotgan
yoki loyixalanayotgan
turdosh korxonalarda shunga o‘xshash baxtsiz
xodisalarning kelib chiqmasligini ta’minlashga
harakat
qilinadi.
Bu
usul
xulosalari
asosida
loyihalanayotgan sanoat korxonalarida texnologik
jarayonlarni o‘zgartirish va mukammallashtirish
chora-tadbirlari ko‘riladi.
Dostları ilə paylaş: