Ishlab chiqarishda xodimlar salomatligiga
zarar etishi va ish beruvchi masuliyati. Umumiy
qoidalar
Xo‘jalik yuritishning bozor sharoitlariga o‘tish
korxonalar faoliyati amaliyotida katta o‘zgarishlarni
yuzaga keltirdi.
Ko‘pchilik korxonalarda boshqaruv strukturasi
qator mutaxassislar lavozimlari, shu jumladan Mehnat
muxofazasi bo‘yicha mutaxassisliklarning qisqartirish
tomonga o‘zgardi, davlat organlari va nazorat kasaba
uyushmalari,
idoralar
tomonidan
xavfsiz
ish
sharoitlariga rioya etish ustidan nazorat saviyasi
sustlashdi.
Natijada so‘nggi yillarda ishlab chiqarish
travmatizmi muxim darajada o‘sdi. SHundan kelib
chiqib, jabrlanganlar va ularning oilalari uchun
bo‘lgani kabi ish beruvchi uchun xam muxim
axamiyat kasb etib, xuquqiy bazaga ega sanaladi.
O‘zbekistonda xar bir xodim ishi bilan bog‘liq
tarzda salomatligiga etkaziladigan zararni qoplash
xuquqiga ega.
Ish beruvchi vaqtida va to‘g‘ri ishlab chiqarishda
baxtsiz xodisalarni tergovini o‘tqazish va hisobini
olish, shuningdek xodimlarga etkazilgan zarar uchun
moddiy javobgarlikni zimmasiga olishi shart.
Xar qanday shikast etkazuvchi voqea baxtsiz
voqea sanaladi [1].
1. Mexanik (sanchilgan, kesilgan, lat egan va
x.k.).
2. Termik (kuyish, muzlash, sovqotib qolish,
issiqlik zarbasi va x.k.).
3. Elektrik.
4. Kimyoviy.
5. Psixik va boshqa.
Ularning oqibatida inson qisqa muddatga yoki
uzoq davrga mehnatga layoqatini yuqotadi.
Baxtsiz xodisa deb kasbiy kasalliklar, kasbiy
zaxarlanishlar va ayrim xolatlarda umumiy kasalliklar
tushuniladi.
Tibbiy muassasa xulosasi mehnat majburiyatlari
bilan bog‘liq salomatlikka putur etishlar soniga
umumiy kasallik uchun zarur shart hisoblanadi.
Salomalikka putur etkazadigan baxtsiz xodisalar
ishlab chiqarish xodisalari yoki maishiy hisoblanadi.
Ish beruvchi faqat ishlab chiqarish baxtsiz
xodisalari uchun javobgardir.
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz xodisalar
quyidagilardan iborat:
-ular tomonidan mehnat vazifalari (shu jumladan
xizmat safarlari xam) ni bajarish, shuningdek ish
beruvchi topshirig‘isiz xam korxona manfaatlari
doirasida
biror
bir
xalokatlarni
amalga
oshirayotganda;
-korxona transportida ishga yo‘l olayotganda
yoki ishdan qaytayotganda;
-belgilangan tanaffuslardan tortib butun ish vaqti
mobaynida korxona xududi yoki boshqa ish joyida;
-o‘tqazilish joyidan qat’iy nazar shanbalik
o‘tqazilayotgan vaqtda;
-ishlab chiqarishda yuz bergan avariyalarda;
-ish vaqtida xizmat ob’ektlari o‘rtasidagi xarakat
bilan faoliyati bog‘liq xodim bilan jamoat transportida
yoki
piyoda,
shuningdek
ish
beruvchining
topshirig‘iga ko‘ra, ish joyiga ketayotganida;
-ish
vaqtida
xizmat
safarlari
yoki
ish
beruvchining topshirig‘iga ko‘ra, shaxsiy engil
transportda;
-ish vaqtida boshqa shaxs tomonidan tanaga
shikast
etkazish,
yoki
mehnat
vazifasini
bajarayotganida xodimning qasddan o‘ldirilishi.
Faqat o‘z o‘limi, tabiiy jon berio‘ xodisalari,
shuningdek,
jinoyatlar
qilayotganda
o‘sha
jabrlanuvchilar
tomonidan
jaroxatlar
inobatga
olinmaydi. Ish beruvchining javobgarligi qanday
vaziyatlarda baxtsiz xodisa ro‘y bergani va etkazilgan
zararga bog‘liq.
1. Agar zarar yuqori xavfsizlik manbai
tomonidan etkazilgan bo‘lsa, ish beruvchi voqea
tabiiy ofat oqibatida, yoki jarblanuvchi g‘arazi yoki
uning qo‘pol extiyotkorsizligi tufayli, bo‘lganini
isbotlay olmasa, u etkazilgan zararni to‘liq miqdorda
qoplashi kerak.
Masalan, metall qirquvchi uskunada ishchi
qo‘liga shikast etdi. Ish beruvchi tomonidan Mehnat
muxofazasi va Texnika Xavfsizligi buzilmadi. Jaroxat
ishchining oddiygina extiyotkorsizligi natijasida kelib
chiqdi. Baxtsiz xodisa yuqori xavflilik manbai
(uskuna) ta’sirida yuz bergani bois ish beruvchi o‘z
aybi bo‘lmasada, zararni to‘liq qoplashi zarur.
Ishchining qo‘pol extiyotkorsizligi xolatida ish
beruvchi va ishchi aralash javobgar bo‘ladi. Mazkur
xolatda qoplash xajmi kamaytiriladi.
Extiyotkorsizlikning qandayligi (qo‘pol va yoki
oddiy) vaziyatlar inobatga olinib, xar bir aniq
xodisada xal qilinadi. Bunda jabrlanuvchining yoshi,
malakasi, jismoniy axvoli va xokazolar, xamda
baxtsiz xodisaning aniq vaziyati hisobga olinadi.
Masalan, agar ish bo‘yicha katta xamkasabalari
misolida, yosh ishchi ximoya ko‘zoynaklarini
ko‘zidan olib qo‘ydi, u extiyotkorsizlik bo‘ladi. Biroq
qo‘pol extiyotkorsizlikka yo‘l qo‘ymadi. Uning
texnika xavfsizligi bo‘yicha talablari va usta
tanbexlariga qarshi borgan tajribali xamkasabalari
qattiq xarakatlarini qo‘pol extiyotkorsizlik deb
hisoblash mumkin.
Ish beruvchi doimo jabrlanuvchiga ko‘ra, baxtsiz
xodisani oldini olishda katta imkoniyatlarga ega.
Aynan,
u
xodimlar
xavfsizligini
ta’minlashga
javobgardir.
2. Agar zarar yuqori xavflilik manbai tomonidan
etkazilmagan bo‘lsa, ish beruvchi faqat aybi
bo‘lsagina javob beradi. Masalan, do‘kon sotuvchisi
yordamchi xonalar o‘rtasida to‘kilgan o‘simlik
yoog‘idan toyib ketdi va yiqilishida jaroxat oldi,
deylik. Baxtsiz xodisa yuqori xavflilik manbai bilan
bog‘liq emas. Demak, ish beruvchiga zarar uchun
javobgarlikni yuqlashdan avval uning aybini aniqlab
olish zarur. Ayb esa shundaki, ish xavfsiz axvolda
emas edi. Agar ish muvofiq axvolda bo‘lganida edi,
ish beruvchining bunda aybi xam bo‘lmasdi va u
zararni qoplashga majbur xam boshlmasdi.
Kasbiy kasallik, odatda, yuqori xavflilik manbai
ta’sirida yuzaga keladi, bu xolatda ish beruvchining
aybini
isbotlashning
xojati
yuq,
faqat
bu
xastalikning mehnat majburiyatlari
ijrosi
bilan
bog‘liqlik jixatini aniqlash zarur.
Dostları ilə paylaş: |