66
4.3. Firma va kompaniyalar iqtisodiy nochorligini tahlili
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z harakat maydonida va uning ta’sirida rivoj topadilar,
qayta tashkil etiladilar va bonkrot bo’ladilar. Tashkil
etilayotgan har bir firma, kompaniya
qatorida albatta o’z faoliyatini to’xtatayotgani ham bo’ladi. Negaki bozor-
bu avvola raqobat
demakdir. U imkon qadar bozorga xos tarzda faoliyat va harakatdagi o’zgaruvchanlikni talab
etadi. Raqobatga bardosh bera olmagan firma va kompaniyalar o’z o’rnini
boshqa firma va
kompaniyalarga bo’shatib beradilar.
Korxona va firmalarni bonkrot deb e’lon qilish va ularni tugatish shartlari davlat
nomidan ish ko’ruvchi organlar tomonidan qat’iy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunday vakolatga O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
xuzuridagi Iqtisodiy nochor
korxonalar ishlari Ko’mitasi ega. Ushbu Qo’mita tomonidan firma va kompaniyalar
(korxonalar)ni iqtisodiy nochor deb e’lon qilishning tartiblari belgilab
boriladi va nazorat
qilinadi.
Firma va kompaniyalar iqtisodiy nochorligini belgilashda quyidagi ko’rsatkichlarga
tayaniladi;
-firma va kompaniya to’lov layoqati, qoplov koeffitsentini o’rganish;
-firma va kompaniyaning moliyaviy mustaqillik va qaramlik darajasini o’rganish;
-uzoq muddatli va joriy aktivlarni manbalashning holatini o’rganish;
-o’z va qarz mablag’lari orasidagi nisbatni o’rganish;
-ishlab chiqarish quvvatlaridan haqiqiy foydalanish darajasini o’rganish;
-asosiy va nomoddiy aktivlardan foydalanish darajasini o’rganish;
-muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini o’rganish.
Bu ko’rsatkichlarni o’rganish asosida firma va kompaniyalarning
iqtisodiy nochorligini
oydinlashtiruvchi savollarga javoblar topiladi, iqtisodiy nochorlik
belgilarini bor yoki
yo’qligi aniqlanadi. Iqtisodiy nochorlikni belgilashda har bitta ko’rsatkichning me’yoriy
darajalariga nisbatan o’zgarishlarga tayaniladi.
Dostları ilə paylaş: