JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 11 (February) ISSN: 2181-3000
Page 33
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkin, milliy iqtisodiyotida kichik va
xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish kambag’allikni
qisqartirish, o’zini-o’zi
ish bilan bandligini ta’minlash, mahallalarda xizmat ko’rsatish sohalarini
rivojlantirish kabilarga erishishni ta’minlaydi. Mahaliy Institutlarning samaradorligi
rolini oshirish – tadbirkorlarga yangi korxona
yaratish uchun eng yaxshi
imkoniyatlarni taqdim etishi, shuningdek, uning keyingi
faoliyati va rivojlanishi
uchun qulay sharoit yaratishga inkoniyat beriishi lozim.
Xulosa.
1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun
dastavval tadbirkorlik subyektlarini aniq moliyalashtirish manbalarini,
shu jumladan
aholi mablag’lari, byudjetdan tashqari jamg’armalar, tadbirkorlar, tijorat banklari va
moliya institutlarining kreditlari, xalqaro tashkilotlar
va xorijiy davlatlarning
grantlari, xalqaro standartlarga muvofiq kredit uyushmalari faoliyatini yo’lga qo’yish.
2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlar oʼz ehtiyojlari uchun obʼektlar
quradigan yangi tashkil etilgan kichik biznes subʼektlariga yagona soliq toʼlovi
toʼlash boʼyicha imtiyozlar yaratish.
3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan yirik korxonalar
o’rtasida ilmiy-texnika sohasida kooperasiyasini yo’lga qo’yish. Yirik korxonalarning
buxgalteriya, marketing kabi xizmatlarini autsorsing asosida tashkil etish
mexanizmlari bo’yicha huquqiy asoslarni mustahkamlash.
4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlarning davlat
xaridlarida ishtirokini
oshirish,
tadbirkorlik subʼyektlarining davlat xaridlari sohasida yanada
soddalashtirish deb hisoblaymiz.
Dostları ilə paylaş: