JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 11 (February) ISSN: 2181-3000
Page 27
KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI
RIVOJLANTIRISH YO’LLARI
Xalilov Navruz Mansurovich
SamISI magistri
Annotasiya:
mazkur maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlanish holati, YaIM, eksport va sanoat kabi makroiqtisodiyot ko’rsatkichlaridagi
ulushi tahlil qilingan. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishning asosiy yo’llari bo’yicha takliflar ilgari so’rilgan.
Kalit so’zlar:
kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, eksport, sanoat, o’zini-o’zi
band qilish, servis, bozor infratuzilmasi.
Аннотация:
в данной статье анализируется
состояние развития малого
бизнеса и частного предпринимательства, его удельный вес в таких
макроэкономических показателях, как ВВП, экспорт и промышленность. Также
были запрошены предложения по основным направлениям развития малого
бизнеса и частного предпринимательства.
Ключевые слова:
малый бизнес, частное предпринимательство, экспорт,
промышленность, самозанятость, сервис, рыночная инфраструктура.
Abstract:
this article analyzes the state of development of small business and
private entrepreneurship, its share in macroeconomic indicators such as GDP, export
and industry. Also, proposals on the main ways of developing small business and
private entrepreneurship were requested.
Key words:
small business, private entrepreneurship, export, industry, self-
employment, service, market infrastructure.
Kirish.
O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo
etishning asosiy maqsadlaridan biri kichik biznesni ustuvor darajada rivojlantirishdan
iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun bosqichma-bosqich iqtisodiy islohotlar
o‘tkazilib
kelinmoqda, kichik biznesning rolini oshirish uchun yirik institutsional
asoslar yaratildi. Kichik biznes faoliyatini tashkil etish, erkin faoliyat yuritishini
kafolatlovchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, kichik biznesga ko‘maklashuvchi
bozor
infratuzilmasi shakllantirildi. Natijada bugungi kunga kelib, kichik biznes sub’ektlari
mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida, mashinasozlik mahsulotlarini
ishlab chiqarishda, iste’mol tovarlari, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini
ishlab chiqarishda, servis xizmatlari ko‘rsatish va turizm kabi sohalarda faoliyat
ko‘rsatmoqdalar.
Mamlakatimizda qisqa davrda to‘plangan tajribalarimiz kichik biznes barqaror
iqtisodiy o‘sishning muhim omili ekanligini isbotladi. Ayniqsa,
mamlakat
iqtisodiyotida chuqur tarkibiy o‘zgartirishlar va diversifikatsiya sharoitida milliy
iqtisodiyotimizni barqaror rivojlanishi, uning raqobatbardoshligini oshishi hamda
yuqori makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishishimizda kichik biznes muhim omil
bo‘lib xizmat qilmoqda.
JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 11 (February) ISSN: 2181-3000
Page 28
2022-2026
yillarga
mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning
taraqqiyot
strategiyasining 29-maqsadiga ko’ra, tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy
daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning
Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga
yetkazish belgilangan. Muhim vazifalar sifatida h
ududlarda 200
ta yangi sanoat
zonalarini tashkil etish va biznes-inkubatorlar tizimini rivojlantirish, sharoiti og’ir
bo’lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar
yaratish, hududlarda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag’allikni
qisqartirish bo’yicha mavjud tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish, iqtisodiyotda davlat
ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorga keng yo’l ochish, iqtisodiy munosabatlarda
erkin bozor tamoyillarini joriy etishni kengaytirish kabilar alohida belgilab qo’yilgan.
Mamlakatimiz hududlarida kambag’allikni qisqartirish va aholi bandligini
oshirish, o’zini-o’zi band qilishda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni yanada
rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.