JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 11 (February) ISSN: 2181-3000
Page 31
Kichik biznes mamlakatning iqtisodiy salohiyatini ko‘tarishi,
davlatning
muvaffaqiyatli rivojlanishi va gullab-yashnashining o‘lchovi bo‘lganligi
uchun
O‘zbekistonda ham kichik biznesning rivojlanishini rag‘batlantirishga alohida e’tibor
qaratilgan. Respublikamizda kichik biznesni rivojlantirish
bugungi kunning asosiy
ustivor vazifasidir. Kichik biznesga bo‘lgan e’tiborning iqtisodiy sabablari:
ichki bozorni mahalliy tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish;
aholining harid qobiliyatini oshirish;
mamlakatning eksport salohiyatini yuksaltirish;
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish;
servis xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish;
yirik korxonalarni butlovchi detallar va qismlar bilan ta’minlash;
raqobat muhitini vujudga
keltirish;
mamlakat ichida kapitalning aylanuvchanligini ta’minlash kabilar.
Haqiqatdan ham kichik biznes sub’ektlari ichki
bozorni mahalliy tovar va
xizmatlar bilan to‘ldirayotgan, yirik korxonalarni butlovchi detallar va qismlar bilan
ta’minlayotgan va mamlakat eksport salohiyatini
oshirayotgan sohaga aylanib
bormoqda. Buni mamlakat eksport salohiyatidagi o‘rnini
oshib borayotganidan ham
ko‘rish mumkin. Kichik biznesning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi o‘rni ham asta-sekin
kengayib bormoqda. Uning eksport hajmidagi ulushi 2021 yilda 22,3
foizni tashkil
etib, bu ko‘rsatkich 2010 yilga nisbatan 8,6 foizga oshgan (2-rasm).
Dostları ilə paylaş: