Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

qisqartirilgan bayon
yozishga
oʻrgatish murakkab 
masalalardan biri hisoblanadi. Bu ish oʻqish darsida matnni qisqartirib 
soʻzlashga oʻrgatish bilan birga olib boriladi. 
1-sinf 
oʻquvchilarini 
mazmunli 
soʻzlashga 
oʻrgatishda 
quyidagilarga amal qilish kerak: 
1. Hikoya yetarli darajada toʻliq muhokama qilingan boʻlishi 
lozim. 
2. Oʻquvchilar aniq, yaxshi oʻylab tuzilgan rejaga suyangan holda 
ishlashlari lozim. Shundagina ular oʻzlari ongli ravishda bayon yozish 
uchun kerakli fikrni, bosh mazmunni ajratib oladilar. 
Agar reja oʻquvchilarga tayyor holda berilgan boʻlsa, matn 
mazmuni bilan solishtirib chiqilishi lozim. 
Ba’zan bayon darsida matn oʻquvchilarning koʻzi oldida 
boʻlmasligi mumkin. Bunday hollarda oʻquvchilar faqat eshitish 
sezgilariga tayangan holda ishlashlariga toʻgʻri keladi. Bunda, ayniqsa, 


95 
matnni ikkinchi marta oʻqib berish va suhbat uyushtirishning oʻrni 
katta. 
Suhbat vaqtida oʻquvchilar qaysi qism yoki qaysi gap alohida 
muhim oʻrin tutishini aniqlab oladilar. 
Qisqartirilgan bayonda reja asosida soʻzlash kerak. Chunki 
soʻzlash vaqtida eng kerakli fikrlar va zarur oʻrinlar ajratib olinadi.
4-sinfda qisqartirilgan bayon yozishda oʻquvchilarga qulaylik 
tugʻdirish maqsadida ular bayonni oʻqishlari, mustaqil reja tuzishlari va 
reja asosida qisqartirib bayon yozishlari uchun matn oʻquvchilarning 
koʻzi oldida boʻlishi kerak.
Bayon yozishga tayyorgarlik vaqtida matn mazmunini soʻzlash 
bayon mazmuniga qarab turlicha boʻlishi mumkin. 
Ijodiy qisqartirish, tanlab yozish, oʻzgartirilgan reja asosidagi 
qisman tasvir bor bayon yozish vaqtida matn mazmunini soʻzlash 
alohida ahamiyatga ega. Chunki oʻquvchilar bilan birga tuzilgan reja va 
darsda matnning qismlarga boʻlinishi haqidagi suhbat oʻqituvchidan 
koʻp vaqt talab qiladi. Bayonning faqat qiyin joylarini qisqagina 
tushuntirish kerak. Uning boshlanishi, birinchi qismdan ikkinchi 
qismga, bogʻlanishini bir daqiqada izohlab oʻtish kifoyadir. 
Matnning oʻzgartirilgan gaplari va qismlari boʻsh oʻzlashtiruvchi 
oʻquvchilarga qayta soʻzlatilsa, maqsadga muvofiq boʻladi. 
4-sinfda bayon matni mavzusining kengayishi oʻquvchilar nutqida 
yangi soʻzlarning koʻpayishiga olib keladi. Shu bilan birga, oʻquvchilar 
matnlarda uchraydigan timsolli ifodalarga e’tibor berishga va ularni 
bayonda ishlatishga oʻrgatib boriladi. 
Toʻrtinchi sinfda oʻquvchilar bilan matndagi imlosi qiyin soʻzlar 
ustida ish olib borilganda, vaqt ikkinchi, uchinchi sinflardagidek kam 
boʻlmasligi kerak. Chunki oʻquvchilarning savodxonligi oshgan 
boʻlishiga qaramasdan, oldingi sinflardagiga qaraganda xatolar soni 
oshib borishi mumkin. Buning sababi shundaki, matnlarning hajmi 
katta va ular mazmun jihatdan turli-tumandir. 
Shuningdek, hali oʻrganilmagan qoidalarga doir soʻzlar ham 
uchrab turadi. Ba’zi bir oʻquvchilar matn mazmunini oʻzlari 
bilganlaricha, tushunganlaricha bayon yozishlari ham xatolar sonining 
koʻpayishiga sabab boʻladi. 
Imlo va gap tuzish ona tili dasturiga asoslangan holda beriladi. 
Kerakli imloga tegishli matnlarni yozishdan ilgari ma’lum qoida va 
mavzular ona tili darslarida takrorlanishi, ba’zi matnlardagi soʻzlar 


96 
bayon matnidan tanlab olinishi va mashqlar (masalan, koʻrish - eshitish, 
ijodiy diktant, koʻchirib yozish, fonetik tahlil kabi mashqlar)ga 
kiritilishi kerak. 
Shunday qilib, ona tili darslaridagi mashqlarda bayon matnidan 
foydalanish navbatdagi bayon darsiga zamin hozirlaydi. 
Agar oʻrganilayotgan qoida qiyin boʻlsa yoki hali oʻrganilmagan 
mavzuga doir gaplar yozuv taxtasiga yoziladi. Oʻquvchilar ularni 
koʻchirib oladilar. 
Bayonda xatolar kam boʻlishi uchun oʻquvchilarning oʻzlari 
ishtirok etishlarini ta’minlash, ya’ni rejalarni tuzishda hamda qayta 
soʻzlanayotgan paytda imlosi qiyin soʻzlarni oʻquvchilarning oʻzlari 
aniqlashlari, ularni yozuv taxtasida yozib koʻrsatishlari lozim. 
Toʻrtinchi sinfda ta’limiy bayon yozish vaqtida imlo lugʻatidan 
foydalanishga oʻrgatish ham alohida ahamiyatga ega. 
Ammo bunda oʻquvchilar lugʻatga doimo tayanib ishlashga 
oʻrganib qolmasliklari kerak. Shuningdek, oʻquvchilarning faolligini 
yanada oshirishda imlo tahlilidan foydalanish yaxshi natija beradi. 
Matnni oʻqib, tahlil qilib boʻlgandan keyin, oʻqituvchi oʻquvchidan 
matndan oʻrganilgan imloga doir soʻzni aniqlashi va uning yozilishini 
tushuntirib berishini soʻrashi lozim. 
Toʻrtinchi sinfda bayon tahliliga alohida soat ajratish koʻzda 
tutiladi. Dars shunday rejalashtirilishi lozimki, har bir oʻquvchi oʻzi 
yoʻl qoʻygan uslubiy yoki imloviy xatolarini tushunsin. 
Oʻquvchilarning xatolarini tahlil qilish jarayoni toʻrtta asosiy ish 
turlaridan tashkil topadi: 
1. Oʻqituvchining tekshirish natijalari haqidagi tushuntirishi. 
2. Yozma ishlardagi xatolarni jamoa boʻlib muhokama qilish va 
toʻgʻrilash yoʻllari. 
3. Oʻquvchilarning mustaqil ishlari. 
4. Ishga yakun yasash. 
Bu ish turlari dars davomida oʻrni almashtirilgan holda amalga 
oshirilsa ham boʻladi. Har bir dars bosqichida ishni shunday tashkil 
qilish kerakki, butun sinf diqqati ishning bir turiga qaratilmogʻi va shu 


97 
ish chegarasida barcha topshiriq va xatolar ustida ish olib borilmogʻi 
lozim. 
Bu darslar, ayniqsa, oʻquvchilar bayonga mustaqil reja tuzib 
yozganlarida muhim hisoblanadi. О’qiluvchi ishlarni tekshirish vaqtida 
reja sifatiga e’tibor beradi va uni alohida baholaydi hamda tahlil 
oʻtkazish uchun xatolarni turlarga ajratadi. 
Eng koʻp uchraydigan umumiy xatolar - matn qismlari 
chegaralanishining notoʻgʻri boʻlishi; matn juda koʻp qismlarga ajratib 
yuborilishi, 
tanlangan 
sarlavhaning 
qism 
mazmuniga 
mos 
kelmasligidir. 
Oʻqituvchi toʻrtinchi sinfda oʻquvchilarning bayonini tahlil qilishni 
yana boshqacha koʻrinishda, ya’ni um um iy ishdan boshlashi mumkin. 
Oʻqituvchi matnni oʻqiydi va unda nechta qism borligini soʻraydi. 
Oʻquvchilar har bir qism nechta gapdan tuzilganini aytadilar va nima 
uchun 
rejaning 
bir 
qismiga 
birlashtirishni 
tushuntiradilar. 
Oʻqituvchining oʻzida reja namunasi, albatta, boʻladi. Ammo barcha 
oʻquvchilarning tuzgan rejasiga oʻqituvchining rejasi mos kelishi shart 
emas.
Oʻqituvchi tomonidan daftarda yozilgan topshiriqlar oʻquvchi 
bajarishi uchun tushunarli boʻlishi kerak. 
Agar xatolar bir qator oʻquvchilarda aynan oʻxshash boʻlsa, u holda 
alohida mashqlar oʻtkazish lozim. Masalan: 
1. Yozuv taxtasida berilgan soʻzlardan gap tuzing. 
2. Savol oʻrniga tushirib qoldirilgan soʻzni yozing. 
3. Yozuv taxtasida berilgan chizmani toʻldiring. 
Oʻquvchiga juda koʻp miqdordagi uslubiy xatolarni mustaqil 
toʻgʻrilash tavsiya etilmaydi. 
Oʻquvchilarning yozma nutqlaridagi kamchiliklarini hisobga olish 
jarayonida oʻqituvchi til darslarida oʻrganiladigan dastur materiallarini 
ham oʻrganishga erishadi. 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin