Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
10
tashrifnomam, pasportim va Moskvaga konsultatsiyaga chaqirilgapim haqida taklifnoma, — deb 
notanish kishi ikkala adabiyotchiga o‘tkir ko‘zlariii tikkancha keskin-keskin gapirdi. 
Shunda ikki do‘st xijolat bo‘lib qoldi. «Obbo, hamma gapni eshitipti-yu...» — deb o‘yladi Berlioz 
va muloyim ishora bilan hujjat ko‘rsatishning hojati yo‘qligini bildirdi. Ajnabiy mehmop xujjatlarini 
muharrirga uzatayotgan chog‘da, tashrifnomadagi ajnabiy tilda «professor» deb yozilgan so‘zga va 
familiyasining bosh harfi — («V»)ga shoirning ko‘zi tushib qolgan edi. 
Bu asnoda, muharrir xijil bo‘lib: 
— G‘oyat xursandman, — deb g‘o‘ldiradi, xorijlik kishi hujjatlarini yana cho‘ntagiga solib qo‘ydi. 
Shu yo‘sinda munosabat qayta tiklandi-yu uchovlari yana skameykaga o‘tirishdi. 
— Siz mamlakatimizga konsultant sifatida taklif qilinganmisiz, professor? — so‘radi Berlioz. 
— Ha, konsultantman. 
— Siz — nemismisiz? — deb surishtirdi Bezdomniy. 
— Menmi?.. — takror so‘radi professor va birdan chuqur o‘yga toldi. — Ha, nemis desayam 
bo‘ladi... 
— Ruscha juda yaxshi gapirarkansiz, — e’tirof etdi Bezdomniy. 
— O, men umuman poliglotman, juda ko‘p tilni bilaman, — javob qildi professor. 
— Qay sohadan mutaxassissiz? — deb so‘radi Bezdomniy. 
— Men jodu bo‘yicha mutaxassisman. 
«Shu yetmay turuvdi!..» — degan fikr Mixail Aleksandrovichning miyasiga sanchikday urildi. 
— Siz... sizni shu soha bo‘yicha taklif qilishganmi mamlakatimizga? — duduqlanib so‘radi u. 
— Ha, shu soha bo‘yicha, — deb tasdiqladi professor va fikrini izohlay boshladi: — Bu yerdagi 
davlat kutubxonasida o‘ninchi asrda yashagan afsungar Her-bert Avrilakskiyning asl qo‘lyozmalari 
topilgan. Shularni tahlil qilishni so‘rashyapti mendan. Bu sohada men dunyoda yagona mutaxassisman. 
— A-a! Tarixchi ekansiz-da? — yengil tin olib, hurmat bilan so‘radi Berlioz. 
— Ha, tarixchiman, — tasdiqladi olim, so‘ng xuddi tomdan tarasha tushganday ilova qildi: — 
Bugun kechqurun Patriarx ko‘lida alomat voqea sodir bo‘ladi! 
Muharrir bilan shoir yana hayratlanishdi, professor esa ularni o‘ziga tomon imladi, ikki do‘st 
engashib, unga quloq tutganda, shunday deb pichirladi: 
— Esingizda bo‘lsin, Iso bo‘lgan. 
Bilasizmi, professor, — dedi Berlioz zo‘rma-zo‘raki jilmayib, — biz sizning benazir 
bilimingizni hurmat qilamiz, ammo biz bu masalada o‘zgacha nuqtai nazarga egamiz. 
— Hech qanday nuqtai nazarning keragi yo‘q! — javob qildi alomat professor. — U bo‘lgan, 
vassalom. 
— Axir buning uchun qandaydir isbot kerak-ku... — deb gap boshladi Berlioz. 
— Hech qandy isbotning hojati yo‘q, — deb javob qildi professor va past ovoz bilan gapira 
boshladi, ammo uning tilidagi ajnabiylarga xos talaffuz negadir endi yo‘qolgan edi: — Buning hech 
taajjub qiladigan yeri yo‘q! Egniga qirmizi astarli oq rido kiygan... 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin