Tetradraxma
— to‘rt draxma qalinlikdagi qadimgi yunon aqchasi bo‘lib,
aksariyati kumushdan,
ba’zan esa oltindan ham bo‘lgan.
Tetrarx
— Rim imperiyasi lashkarining to‘rtdan bir bo‘lagini boshqaruvchi xukmdor.
Tiveriya
— Falastindagi shahar.
Tribun
— qadimgi Rimda qo‘shinlarda tribunlar ma’muriy va xo‘jalik xizmati vazifalarini
bajargan.
Filon Iskandariy
— Iudeya faylasufi (miloddan oldingi 20-yilda tug‘ilib, milodiy 54-yillarda
o‘lgan).
Shtraus David Fridrix
(1808—1874) — nemis teologi (ilohiyot ilmi bilan shug‘ullanuvchi olim)
va
faylasufi, «Isoning hayoti» nomli kitobda injilning haqqoniyligini inkor etgan,
Isoni tarixiy shaxs
deb hisoblagan.
O‘n ikki xudo jamoasi
— Rim mifologiyasida
eng oliy tangrilar guruhi, Bular: Yuiiter, Neptup,
Mark, Apollon, Vulkan, Merkuriy, Yunona, Venera, Minerva, Diana, Vesta va Serera. Bu o‘n ikki
xudo, tangrilarnipg Yupiter boshchiligidagi
oliy kengashini tashkil qilgan,
Qaysar
— podsho.
Qaysariya
— salganat.
Hemikraniya
— qattiq bosh og‘rig‘i. Boshniig bir pallasi og‘riydi.
Hippodrom
— ya’ni ippodrom, otlar poygasi o‘tkaziladigan maydon. otchopar.