www.ziyouz.com kutubxonasi
236
illat bilan avvalgi ishda ishlab bo‘lmas edi, shunga ko‘ra u iste’foga chiqib, o‘z jamg‘argan puliga
kamtarona kun kechira boshladi: gaxmipicha, bu puli o‘n besh yilga yetishi kerak edi.
Varenuxaga kelsak, u barcha teatr ma’murlari orasida ham o‘zining benihoya hozirjavobligi va
seriltifotligi bilan ko‘pchilik teatr shaydolarining mehrini qozongan edi. Masalan, kontramarka so‘rab
keladiganlar uni faqat valine’matim deb chaqirardilar. Varetega kim qay mahal telefon qilmasin,
hamisha trubkadan: «Qulog‘im sizda», — degan muloyim va hazin ovozni eshitardi. Varenuxani
chaqirib bersangiz, deb iltimos qilinadigan bo‘lsa, yana o‘sha ovoz shosha-pisha: «Xizmatingizga
tayerman», — deb javob qilardi. Lekin Ivan Savelevich o‘zining bu xushmuomalaligidai ko‘p azob
chekardiyam.
Styopa Lixodeevga ham endi Vareteda o‘tirib telefon qilish nasib bo‘lmaydi. Uni, sakkiz kun
shifoxoada yotib chiqqanidan so‘ng, darhol Rostovga jo‘natishdi, u yerda unga katta bir gastronomning
mudiri lavozimini berishdi. Ovozalarga qaraganda, u portveyn ichishni tashlab, hozir faqat qarag‘ay
gul-kurtagi solinga araq icharmish, buning natijasida, juda sog‘lom bo‘lib ketganmish. Yana u
qizlardan o‘zini olib qochadigan va kamgap bo‘lib qolipti.
Stepan Bogdapovichning Varetedan olinishi garchi Rimskiyning ko‘p yillik shirin orzusi bo‘lsa
ham, endi, bu hol yuz berganida, u quvona olmadi. Judayam munkillab chol bo‘lib qolgan, kallasi
sarak-sarak qiluvchi bu moliya direktori shifoxonadan chiqib, Kislovodskda dam oldi, u yerdan qaytib
kelishi hamono Varetedan bo‘shash haqida ariza berdi. Qizig‘i shundaki, arizasini Varetega uning
xotini olib keldi. Grigoriy Danilovichning esa oy shu’lasiga g‘arq bo‘lgan, bir ko‘zi darz deraza
darchasidan xuddi rezinkaday cho‘zilib uning pastki ilgagini ochmoqchi bo‘lgan o‘lik qo‘lni ko‘rgan
o‘sha binoga endi hatto kunduz kuni ham qadam qo‘yishga yuragi betlamas edi.
Rimskiy Varetedan bo‘shagach, Zamoskvorechedagi bolalar qo‘g‘irchoq teatriga ishga kirdi. Bu
teatrda endi unga akustika masalasida muhtaram Arkadiy Apollonovich Sempleyarov bilan uchrashish
nasib bo‘lmadi. Chunki uni hash-pash deguncha Bryanskka ko‘chirishib, qo‘ziqorin tayyorlash
punktiga mudir etib tayinlashgan edi. Mana, endi moskvaliklar har xil navdagi tuzlangan, sirkalangan
qo‘ziqorinlarni mazza qilib iste’mol qilisharkan, bu ko‘chirishdan benihoya mamnun bo‘lmoqdalar.
O‘tgan ishga salavot-u, lekin ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, Arkadiy Apollonovichning akustika bobidagi
faoliyatida hech ishi o‘ngidan kelmagan, uni yaxshilash uchun qilgan barcha xatti-haratlari zoe ketgan
edi.
Teatr bilan aloqani uzganlar safiga Arkadiy Apollonovichdan tashqari yana Nikonor Ivanovich
Bosoyni ham kiritish mumkin, vaholanki, garchi u, tekin biletga ishqivoz bo‘lsa ham, teatrga aslo
daxddorligi yo‘q edi. Hozir Nikonor Ivanovich nainki bironta teatrga (xoh u pulli bo‘lsin, xoh tekin)
boradi, hattoki hamsuhbatlar davrasida teatr mavzuida gap ochilgudek bo‘lsa, rangi quv o‘chib
ketadigan bo‘lib qolgan. U nafaqat teatrni, shuningdek shoir Pushkinni va iste’dodli artist Savva
Potapovich Kurolesovni ham jinidan ortiq yomon ko‘rib qolgan edi. Ayniqsa, Kurolesovni shunchalik
yomon ko‘rardiki, o‘tgan yili gazetada, uning iste’dodi ayni kamolga yetgan chog‘da dunyodan ko‘z
yumgani haqidagi ta’ziyanomani qora ramka ichida o‘qib qolib, Nikolay Ivanovich cho‘g‘dek qizarib
ketgan va sal bo‘lmasa o‘zi ham o‘sha Savva Potapovich orqasidan yo‘rg‘a chiqarayozgan edi, keyin u:
«Ajab bo‘pti!» — deb baqirib yuborgandi. Bu ham kifoya qilmay, Nikonor Ivanovich o‘sha kuni
kechqurun Sadovaya ko‘chasiga yog‘du sochayotgan to‘linoy bilan bir o‘zi ulfatchilik qilib, esidan
og‘gungacha ichib g‘irt mast bo‘lgandi, zero taniqli artistning o‘limi qator noxush hodisalarni eslatgan
edi unga. Nikonor Iva-novich har qadah ko‘targan sari, o‘zi mushohada qilgan odamlar safi uzaya
bordiki, bu mal’un qiyofalar safida Gerardovich Dunchil ham, go‘zal Ida Gerkulanovna ham, urishqoq
g‘ozlar egasi mallasoch odam ham, sofdil Nikolay Kanavkin ham bor edi.
Xo‘sh, ana shu odamlarning holi nima kechdi ekan? Ie, salomatliklari kerak! Ularga hech nima
bo‘lgani yo‘q, bo‘lishi ham mumkin emas, chunki ular hech qachon hayotda bo‘lgan emas,
shuningdek, istarasi issiq konferanse-artist ham, teatrning o‘zi ham, valyutalarni yerto‘laga yashirib
chiritib yotgan xola — qurumsoq kampir Poroxovnikova ham, inchunun, olti karnaylaru sulloh