Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
235
To‘g‘ri, yalta jinoiy qidiruv bo‘limi yalangoyoq Styopani qabul qilib olgani va uning to‘g‘risida 
Moskvaga telegrammalar yuborganini tasdiqlagan edi, lekin shunga qaramay, o‘sha telegrammalardan 
birontasining ham nusxasi topilmadi, natijada, gipnozchilar to‘dasi nihoyatda olis masofadagi, nafaqat 
ayrim shaxslarni, hatto gala-gala odamlarni ham gipnoz qilish qobiliyatiga ega, degan ko‘ngilsiz, lekin 
nihoyatda sobit xulosa kelib chiqdi bundan. Demak, jinoyatchilar mazkur sharoitda ruhiyasi eng 
mustahkam odamlarni ham jinni qilib qo‘yishlari mumkin ekan. 
Endi, parterda o‘tirgan begona odamning cho‘ntagidan bir dasta qarta chiqqani yoki ayollar 
egnidagi ko‘ylaklarning g‘oyib bo‘lishi, yoxud miyovlovchi beret va shu kabi qanchadan-qancha ikir-
chikir voqealar masalasiga kelsak, ular gapirib o‘tirishga ham arzimaydi! Bunaqa nayrangni, shu 
jumladan, konferansening boshini uzishdek oddiy nayrangni ham, har qanday o‘rtamiyona mutaxassis-
gipnozchi har qanaqa sahnada namoyish qila oladi. Gapiruvchi mushuk ham xamirdan qil 
sug‘urgandek oson ish. Odamlarga bunday mushukni namoyish qilish uchun g‘oyibdan darak berishga 
qodir romchilikning dastlabki saboqlarini o‘zlashtirishning o‘zi kifoya. Korovyov mahoratining esa bu 
dastlabki saboqdan ancha oldinlab ketganiga hech kim shubha qilmaydi. 
Xa, masala bu yerda dasta-dasta qartalarda ham, Nikonor Ivanovichning portfelidan chiqqan soxta 
xatlarda ham emas. Bularning bari arzimas narsalar. Berliozni tramvayga bostirib o‘ldirgan shu — 
Korovyov edi. Shoir Bezdomniy sho‘rlikni jinni qilgan ham, keyin uning behalovat uyqusida ko‘hna 
Yershalaimni, oftobda jizg‘anak bo‘lib yotgan Taqir Tepada ustunlarga bog‘langan uchta qatlni tush 
ko‘rishga majbur etgan ham shu edi. Keyin Margarita Nikolaevna bilan uning uy xodimasi Natashani 
Moskvadan uchib chiqib ketishga majbur qilgan ham shu Korovyov va uning sheriklari bo‘ldi. 
Darvoqe, tergovchilar bu ishga nihoyatda katta e’tibor berishdi. Ularning oldida, bu ikki ayol qotillaru 
o‘t qo‘yuvchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilganmi yo ular o‘sha jinoyatchilar to‘dasiga o‘z ixtiyorlari 
bilan qo‘shilishganmi, degan jumboqni yechish vazifasi turar edi. Mana, nihoyat, ular Nikolay 
Ivanovich bergan tuturiqsiz va chalkash guvohliklarga suyangan holda hamda Margarita 
Nikolaevnaning jodugar bo‘lib ketyapman degan mazmunda eriga yozib qoldirgan xatini nazarda tutib, 
Natashaning o‘z kiyim-boshlaridan birontasini ham olmay g‘oyib bo‘lganini hisobga olib, uy bekasi 
bilan uning xodimasi ham ko‘pchilik odamlar singari gipnoz qilingan va shu sharoitda bosqinchilar 
tomonidan o‘g‘irlab ketilgan degan xulosaga keldilar. Jinoyatchilarni bu ikki ayolning go‘zalligi rom 
qilgan bo‘lsa ajab emas, degan mulohaza (mutlaqo to‘g‘ri mulohaza) ham yo‘q emas edi. 
Lekin bir narsa: o‘zini usta deb yuritgan telba odamni psixiatriya pshfoxonasidan o‘g‘irlab olib 
ketishga jinoyatchilarni nima majbur qilgani aniqlanmay, mavhumligicha qoldi. Shuningdek, 
o‘g‘irlangan bemorning familiyasini ham bilib bo‘lmadi. Shu zaylda u «Birinchi korpusdagi bir yuz 
o‘n sakkizinchi» degan o‘lik laqab bilan mangu dom-daraksiz ketdi. 
Shunday qilib, hamma narsa oydinlashdi, tergov ham ibtidoli har bir narsa kabi o‘z nihoyasiga 
yetdi. Oradan bir necha yil o‘tib, odamlar Volandni ham, Korovyovni ham, ularning qolgan 
sheriklarini ham unuta boshlashdi. Voland bilan uning hamtovokdaridan jabrlanganlar hayotida 
ko‘pgina o‘zgarishlar yuz berdi, lekin bu o‘zgarishlar qanchalik mayda va ahamiyatsiz bo‘lmasin, 
baribir ularni qayd qilib o‘tmog‘imiz lozim. 
Chunonchi, Jorj Bengalskiy shifoxonada uch oy yotib tuzalib chiqdi, lekin Varetedagi xizmatidan 
bo‘shashga majbur bo‘ldi, holbuki, bu paytda teatrga tomoshabin yopirilib keladigan bo‘lib qolgan edi 
— jodugarlik va uning fosh etilishi seansi hanuz odamlar xotirasidan o‘chmagan edi-da. Ha, 
Bengalskiy Varetedan bo‘shadi, chunki har kuni kechqurun ikki ming kishi oddiga chiqib, ularning: 
o‘zingizni qachon yaxshiroq his qilasiz: kallangiz borligidami yo yo‘q paytidami? — deb bergan 
tahqiromuz savollaripi muttasil eshitish unga juda og‘ir botardi. 
Undan tashqari, konferansening o‘z kasbi uchun suv bilan havodek zarur bo‘lgan avvalgi 
xushchaqchaqligi ancha cheklanib qolgan edi. U har yili bahorda vahimaga tushib, birdan bo‘ynini 
changallab oladigan, atrofiga olazarak bo‘lib qo‘rqa-pisa qarab, yig‘lab yuboradigan ioxush va dardli 
bir odat chiqargan edi. Bu tutqanoqnamo dard o‘gib ketardi albatta, ammo shunga qaramay, bunday 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin