Iudeya — Janubiy Falastiida Rimga qaraptli viloyat (milodiy 6—395 yillar).
Kaligula Gay Kesar (12—41 yillar) — Rim imperatori (37-yildan). Ashaddiy fosiq bo‘lgan. Uziga
xuddi xudoga sig‘ingandek sig‘inishlarini talab qilgan. Kaligula o‘z shaxsiy gvardiyasining sarkardasi
tomonidai o‘ldirilgan.
Kapeldiner — teatrda biletlarni tekshiruvchi va zalda tartib sakdovchi odam.
Kenturion — qadimgi Rim qo‘shinida Kenturiya (qarang) boshlig‘i.
Kenturiya (Senturiya) — qadimgi Rimda yuz kishilik otryad.
Kohorta — Rim piyoda qo‘shinida taktik qism. Lafonten (1621 —1695) — Buyuk frantsuz
masalnavisi. Legion — qadimgi Rim qo‘shinida yirik harbiy qo‘shilma.
Manipul — qadimgi Rim qo‘shinida tarkibida ikki kenturiya (qarang) bo‘lgan harbiy bo‘linma.
Manuskript — odatda qadimgi qo‘lyozmalar shunday nomlanadi.
Marduk — Bobil panteonida Markaziy iloh. Bobil shahrining bosh xudosi.
Masiho — bu o‘rinda yahudiy dinining talqini bo‘yicha, yahudiy xalqini ozod etish uchun zohir
bo‘lajak afsonaviy xaloskor.
Melpomena — qadimgi yunon mifologiyasida to‘qqizta muzadan biri, fojiaviy asarlar homiysi.
Messalina Valeriya — Uchinchi Rim imperatori Klavdiyning xotini. O‘zining fohishaligi va
badqahrligi bilan dovruq qozongan. Klavdiyning yo‘qligidan foydalanib, o‘z o‘ynashi Silliyga oshkora
erga tegadi. Lekin imnerator qullikdan ozod qilgan Nartsis bilan Pallas Messalinani sudga berib, uni
o‘limga hukm qilishlariga muvaffaq bo‘ladilar.
Nison oyi — Isroil davlati kalendarida yilning birinchi oyi bo‘lib, u hamisha bahor fasliga to‘g‘ri
keladi. Nison oyining 15-kuni, ya’ni yahudiylar Misrdan ozod bo‘lib chiqqan kun Pasxa bayrami kuni
deb hisoblangan.