Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
182
paytda u chaqirgan chog‘da g‘aflatda qolishdan xavfsirab, boshini xam qilgan yalang‘och ayolning 
oppoq haykali o‘rnatilgan kamgak yerda biqinib o‘tirardi. 
Rutubatli nim qorong‘i kunda chorpoyada yonboshlab yotgan prokurator qadahga o‘zi may quyar, 
uni qultum-qultum qilib uzoq vaqt ichar, onda-sonda non olib, uni ushatar, kichik-kichik tishlab yer, 
ahyon-ahyonda ustritsa so‘rar, limon chaynar va yana may ichardi. 
Agar sharillab yog‘ayotgan jala, qasr tomini majaqlab yuborgudek dag‘dag‘ali qaldirayotgan 
momaqaldiroq, balkon pillapoyalariga taraqlab yog‘ayotgan do‘l bo‘lmaganda prokuratorning o‘zicha 
nimalarnidir g‘o‘ldirayotganini eshitsa bo‘lardi. Agar beqaror samoviy chaqmoq barqaror shu’laga 
aylanganida bormi, prokuratorni kuzatayotgan odam uning so‘nggi kunlardagi bedorligi va ko‘p may 
ichganligi oqibatida yallig‘langan ko‘zlarida sabrsizlik aks etayotganini, uning nainki qizil ko‘lmakka 
botgan ikki dona oq atirgulga, balki yemg‘ir savalab, qum uchqunlarini uchirib kelayotgan bog‘ 
tomonga dam-badam yuz o‘girayotganini, kimnidir betoqat kutayotganini ko‘rardi. 
Oradan birmuncha vaqt o‘tdi, sharros quyayotgan yomg‘ir pardasi prokuratorning ko‘zi oldida 
yupqalasha boshladi. Quyun naqadar purshiddat bo‘lmasin, u ham ancha hovuridan tushdi. 
Daraxtlarning quruq shoxlari endi shitirlamay, to‘kilmay qo‘ydi. Momaqaldiroq sadosi, chaqmoq 
chaqini siyraklashdi. Endi Yershalaim uzra oq hoshiyali binafsha rang choyshab emas, balki eng 
so‘nggi oddiy kul rang bulutlar suzib o‘tardi. Momaqaldiroq O‘lik dengiz tomon ravona bo‘lgan edi. 
Endi yomg‘ir shovqinini ham, tarnovlardan oqayotgan suvning sharillashini ham, xalqqa hukmni 
e’lon qilish uchun prokurator ertalab maydonga tushib borgan zinalardan shovullab oqayotgan 
jilg‘aning ovozini ham aniq eshitish mumkin edi. Nihoyat, shu topgacha bo‘ron va momaqaldiroq 
bosib yuborgan favvoraning shildirashi ham aniq eshitila boshladi. Kun yorishdi. Sharq tomon uchib 
ketayotgan bulut pardasi orasidan ko‘m-ko‘k samoviy darchalar ochildi. 
Shu mahal, endi ohista sevalab yog‘ayotgan yomg‘irning chakillashi orasidan prokuratorning 
qulog‘iga olisdan karnaylarning, yuzlab otlarning tuyoq tovushi elas-elas eshitildi. Prokurator buni 
eshitib, o‘rnida bir qo‘zg‘alib qo‘ydi, uning chehrasi xiyla yorishdi. Otliq qo‘shin Taqir Tepadan 
qaytayotgan edi, hozir u, tuyoq tovushlariga qaraganda, hukm e’lon qilingan maydondan o‘tayotgan 
edi. 
Nihoyat prokurator bog‘ning yuqori ayvoniga olib chiquvchi zinada, rovon bo‘sag‘asida o‘zi 
ko‘pdan kutgan oyoq tovushini eshitdi. U bo‘ynini cho‘zib qarab, ko‘zlari quvonchdan chaqnab ketdi. 
Zinaning ikki yonboshiga o‘rnatilgan ikki marmar sher oralig‘ida eng oldin qaytarma qalpoqli bosh, 
keyin jiqqa ho‘l plashi badaniga chippa yopishgan bir odam ko‘rindi. Bu — hukmni e’lon qilish 
oldidan qasrning qorong‘ilatilgan xonasida prokurator bilan pichirlashgan, keyin qatl paytida uch 
oyoqli kursida o‘tirib, cho‘p bilan yer chizgan o‘sha odam edi. 
Bu odam ko‘lmaklarni kechib bog‘ sahnini tik kesib o‘tdi, koshinkor rovonga qadam qo‘ydi va 
qo‘lini ko‘tarib, yoqimli yangroq ovoz bilan dedi: 
— Prokurator omon bo‘lsin, hamisha shodmon bo‘lsin, — u lotin tilida gapirdi. 
— Yo tangrilar! — deb yubordi Pilat, — rosa ivib ketibsiz-u! Bo‘ronni qarang-a! Qalay? Darhol 
mening xosxonamga kirishingizni iltimos qilaman. Lutf qiling, libosingizni almashtiring. 
Kelgan odam boshidan qaytarma qalpoqni yechgan edi, jiqqa ho‘l sochlari peshonasiga yopishib 
qolgani ma’lum bo‘ldi, u o‘zining silliq chehrasida tavajjuh hosil qilib, kiyimini almashtirishdan bosh 
tortdi va yomg‘ir unga hech bir ziyon yetkazmasligini uqdira boshladi. 
— Eshitishni ham istamayman, — dedi Pilat va chapak chalib o‘zidan qochib o‘tirgan 
xizmatkorlarni chaqirdi-da, mehmonga qarashni, so‘ngra darhol issiq ovqat tortishni buyurdi. 
Mehmonning sochini quritishi, boshqa libos, poyabzal kiyishi va umuman o‘zini tartibga keltirib olishi 
uchun juda oz vaqt kerak bo‘ldi. Bir zumdan keyin u quruq shippak, qirmizi harbiy nlash kiyib, 
sochlarini silliq tarab balkonga chiqdi. 
Bu payt Yershalaim uzra yana quyosh charaqlagan, O‘rtaer dengiziga botishidan oldin prokurator 
xush ko‘rmagan shaharga bugun so‘nggi marta vidolashuv nurini yo‘llab, balkon pillaioyalariga zarrin 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin