Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman)
www.ziyouz.com
kutubxonasi
220
RIHLAT PAYTI KYeLDI!
—
Bilasanmi, — derdi Margarita, — kecha kechasi sen uxlab yotganingda men O‘rtaer dengizi
tomonidan kelgan zulmat haqida o‘qib o‘tirdim... keyin o‘sha ma’budlar, oltin ma’budlar to‘g‘risida
ham. Negadir ular meni mudom tashvishga solmokda. Nazarimda, hozir ham yomg‘ir yog‘adiganga
o‘xshaydi. Salqin tushyapti, sezyapsanmi?
Usta papiros chekib, tutunini kafti bilan yelpib o‘tirarkan, javob qildi:
—
Bular-ku hammasi yaxshi, ma’budlar ham yaxshi, havolasi xudoga ularning, lekin bundan bu
yog‘iga nima bo‘ladi — hech aqlim bovar qilmayapti.
Bu suhbat kunbotar chog‘da, ayni tom boshidagi ayvonda turgan Volandning qoshiga Leviy
Matvey kelgan paytda bo‘lgan edi. Podval darchasi ochiq edi, agarda
hozir birov undan ichkariga
mo‘ralasa, suhbatdoshlarning nihoyatda antiqa qiyofada ekanligini ko‘rib hang-mang bo‘lib qolardi.
Chunki qip-yalang‘och Margaritaning yelkasiga qora rido tashlangan, usta esa kasalxonadan kiyib
kelgan ichki ko‘ylak-ishtonda edi. Bunga sabab: Margaritaning hech qanday libosi yo‘q edi bu yerda
(uning hamma kiyim-kechagi erining uyida qolgan, garchi u uy bu yerdan uncha uzoq bo‘lmasa ham,
Margarita u yerga borib, o‘z buyumlarini olib kelishni xayoliga ham keltirmas edi).
Usta esa garchi
uning barcha kiyim-boshi shkafda bekamu ko‘st osilib turgan bo‘lsa ham, Margaritaga, hademay
qandaydir mutlaqo bema’ni voqea sodir bo‘ladi, degan fikrni uqdirib, kiyinib olishni istamagan edi.
To‘g‘ri, o‘sha mash’um kuz kechasidan beri endi birinchi marta soqolini ustarada olgan edi
(shifoxonada upipg soqolini mashinkada olishardi).
Xona ham alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib ketgan va bu yerda ne hol yuz berganini tushunish mahol edi.
Qo‘lyozmalar yerda, gilam ustida,
shuningdek, divanda sochilib yotar. Qaysiyam bir ochiq kitob
kresloga to‘nkarib qo‘yilgan. To‘garak stol usti har xil taomlar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, ular orasida bir
nechta shisha ham bor edi. Bu noz-ne’matlaru ichkiliklarning qayoqdan paydo bo‘lganini Margarita
ham, usta ham bilmas edi. Ular uyqudan uyg‘onishganda bularning bari stol ustida muhayyo edi.
Shanba kunining qosh qorayguniga qadar uxlagan usta bilan uning rafiqasi endi o‘zlarini juda tetik
his qila boshladilar, faqat bir narsa — ikkovlarining chap chakkalari bir
oz simillab turgani kechagi
sarguzashtlardan dalolat berardi. Lekin ikkovining ham ruhiyatida juda katta o‘zgarish sodir bo‘lgan
edi-ki, podvaddagi kvartiradan eshitilayotgan suhbatga quloq solgan har qanday odam bu holni darhol
fahmlagan bo‘lar edi. Lskip bu yerda quloq soladigan bironta ham kimsa yo‘q edi. Hovli hamisha
huvillab yotardi. Kun sayii yashil libosini qalinroq qilib kiya boshlagan jo‘ka va oqtollarping bahor
atrini endigina uyg‘ongan shabboda ochiq derazadap podvalga purkardi.
— Yo tavba! — deb yubordi birdan usta, — hech aql bovar qilmaydigan hol, — u papiros
qoldig‘ini kuldonga ezib o‘chirdi-da, ikki qo‘li
bilan boshini changalladi, — yo‘q, o‘zing o‘ylab ko‘r,
sen axir esli-hushli ayolsan, menga o‘xshab jinni ham bo‘lmagansan. Kecha biz iblisning huzurida
bo‘lganimizga jiddiy ishonasanmi?
— Mutlaqo jiddiy, — deb javob qildi Margarita.
— Ha, albatta, albatta, — dedi usta kinoyaviy ohagda, — demak, endi bitta jinni ikkitaga
ko‘payibdi-da! Er-xotin jinnilar. — U qo‘llarini ko‘kka cho‘zib qichqirdi: — Yo‘q,
faqat shayton
qilishi mumkin bu ishni! Shayton, shayton, shayton!
Margarita javob qaytarish o‘rniga o‘zini divanga otib, yalang‘och oyoqlarini likillatgancha xandon
tashlab kularkan, chinqirib dedi:
— Voy, chidolmayman! Voy, ichagim uzilib ketadi hozir! O‘zingga bir qara, nimaga o‘xshaysan!
Usta kasalxonadan kiyib kelgan ishtonini iymanibgina tortib-tortib qo‘yarkan, bu orada rosa miriqib
kulib olgan Margarita jiddiy tarzda gapira boshladi:
— Hozir sen
beixtiyor haqiqatni gapirding, — dedi u, — faqat shaytonning qo‘lidan keladi bu ish,
deb aytding, gapimga ishonaver, darhaqiqat, shayton hamma narsani jobajo qiladi! — Birdan uning
ko‘zlarida o‘t chaqnadi, «dik» etib o‘rnidan turdi-da, shu yerda raqs tushib chinqira boshladi: — O,