Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
27
chumchuq pir etib uchib ketdi. 
— O, bu endi bag‘oyat qiziq gap bo‘ldi, — deya xoxolardi professor butun gavdasi bilan silkinib. 
— Mamlakatinglar qanaqa o‘zi, nimani so‘rasang — yo‘q! — U birdan xoxolashdan taqqa to‘xtab, 
mutlaqo teskari kayfiyatga o‘tdiki, ruhiy kasallarda bunday holning sodir bo‘lishi tushunarli edi: — 
Demak, shunday qilib, yo‘qmi? — g‘ijinib, jahl bilan baqirdi u. 
— Tinchlaning, o‘zingizni bosing, professor, — deb g‘o‘ddirardi Berlioz bemorning asabi 
buzilishidan xavotirlanib. — Siz shu yerda o‘rtoq Bezdomniy bilan bir minutgina o‘tirib turing, men 
muyulishga g‘ir etib borib, telefon qoqib kelaman, keyin sizni xohlagan yeringizga kuzatib qo‘yamiz. 
Siz axir shaharni yaxshi bilmaysiz-ku... 
Berlioz to‘g‘ri reja tuzgan edi: eng yaqin avtomat-telefonga g‘izillab borib, xorijiylar byurosiga, 
ajnabiy bir konsultant Patriarx ko‘lida es-hushi noraso hodda o‘tirgani haqida xabar qilmoqchi edi. 
Xullas, darhol chora ko‘rish kerak, aks holda qandaydir ko‘ngilsiz bema’nilik yuz berishi muqarrar edi. 
— Telefon qilasizmi? Mayli, qila qoling, — ma’yus rozi bo‘ldi bemor, keyin birdan zo‘r hissiyot 
bilan ilova qildi: — Lekin vidolashuv oldidan o‘tinib so‘rayman sizdan, hech bo‘lmasa, shaytonning 
borligiga ishoning! Yagona iltimosim shu. Bilingki, buni isbotlovchi yettinchi dalil mavjud, u eng 
ishonchli dalil! Hademay bunga o‘zingiz shohid bo‘lasiz. 
— Yaxshi, yaxshi, — dedi yasama iltifot bilan Berlioz va telba nemisni qo‘riqlab o‘tirishdek 
mashaqqatdan sarosimaga tushgan shoir do‘stiga ko‘z qisib qo‘ydi-da, Bronnaya ko‘chasi bilan 
Yermolaevskiy tor ko‘chasi muyulishiga chiqadigan yo‘lak tomon otildi. 
Professor esa darhol sog‘ayib, chehrasi yorishib ketdi. 
— Mixail Aleksandrovich! — deb qichqirdi u Berliozning orqasidan, 
U seskanib ketib, orqasiga o‘girildi ammo ismi-sharifimni professor bironta gazetada o‘qigandirda, 
degan xayolga borib, o‘ziga tasalli berdi. Professor esa qo‘llarini og‘ziga karnay qilib qichqirdi: 
— Nima deysiz, hoziroq Kievdagi pochchangizga telegramma yuboraverishsinmi ? 
Yana Berliozning eti jimirlab ketdi. Kievda pochchasi borligini qayoqdan bila qolipti bu telba? Axir 
bu to‘g‘rida bironta ham gazeta hech qachon yozmagan edi-ku. Voajab, Bezdomniyning shubhasi 
to‘g‘riga o‘xshaydi shekilli? Ko‘rsatgan hujjati soxta bo‘lsa-ya? Judayam g‘ayritabiiy nusxa. 
Qo‘ng‘iroq qilish kerak! Darhol qo‘ng‘iroq qilish kerak! Kimligini bir zumda aniqlab olishadi! 
Berlioz boshqa hech bir gapga quloq solmay chopa ketdi. 
Xuddi shu payt, Bronnaya ko‘chasiga chiqaverishda, skameykadan bir odam muharrirga peshvoz 
turdi — bu odam boya quyosh shu’lasida quyuq va qaynoq havodan vujudga kelgan grajdaninga quyib 
qo‘ygandek o‘xshab ketardi. Lekin endi u shisha singari tiniq ham, nafis ham emas, balki oddiy 
odamlardek jismdan tashkil topgan edi; qosh qoraya boshlagan bu paytda, Berlioz u odamning 
mo‘ylovi tovuq patiga o‘xshashini, munchokdek kichkina ko‘zlari shirakayf va kinoyali boqayotganini, 
yuqori tortib kiygan katak-katak matodan tikilgan shimining pochalari ostida esa isqirt oq paypoqlarini 
aniq ko‘rdi. 
Mixail Aleksandrovich cho‘chib orqasiga tisarildi, lekin shu zahoti, ahmoqona o‘xshashlik bu, 
xolos, umuman hozir bu hakda bosh qotirib o‘tiradigan payt emas, deb o‘ziga taskin berdi. 
— Turniket
6
qidiryapsizmi, grajdanin? — deb so‘radi katak shim kiygan nusxa qaltiroq ovoz 
bilan.— Buyoqqa marhamat qilsinlar! To‘ppa-to‘g‘ri ko‘zlagan yeringizga chiqasiz. Yo‘l ko‘rsatganim 
evaziga, aslida choraktaga olishim kerak edi sizdan... salomatlikni tiklash uchun... sobiq regent! — 
nusxa qiyshanglab boshidan jokeylar kepkasini yechgancha, qulochini keng yozib ta’zim qildi. 
Berlioz tilanchi va qiyshang‘i regentga quloq solib o‘tirmay, turniket oldiga yugurib bordiyu uni 
ushladi. So‘ttg uni aylantirib o‘tib, endi tramvay iziga qadam qo‘ymoqchi bo‘lgan edi, ko‘ziga qizil va 
oq shu’la urildi, shisha qutidagi: «Tramvaydan ehtiyot bo‘l!» — degan yozuv yarq etib yondi. 
Shu zahoti Yermolaev tor ko‘chasidan chiqqan tramvay yangi yotqizilgan izdan Broshtaya 
6
Turniket (fr.) — jamoatchilik joylariga (masalan, stadion, kinoteatr va h. k.) odamlarni bitta-bittadan o‘tkazish uchun o‘rnatilgai 
aylanuvchi qurilma. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin