HAKIM NAZIR (1915)
O’zbek
adabiyoti, qolaversa, o‘zbek bolalar va o‘smirlar adabiyotining ko‘zga ko‘ringan
vakillaridan biri Hakim Nazirdir. U 1915 yilda Toshkentda kosib oilasida dunyoga keldi.
Bolaligidanoq ota kasbi
- kosibchilikdan ish boshladi, oyoq kiyim fabrikasida ishlab,
kechqurunlari o‘qidi. 1936-1941
yillarda esa kunduzi ishlab, Toshkent kechki pedagogika
ipstitutida tahsil oldi.
Shu yillardan boshlab, u jumhuriyat bolalar matbuotida, radioda ishladi. Uning ijodi 30-yillardan
boshlangan bo‘lib. dastavval lavhalar, reportaj va xabarlar bilan «Lenin uchquni» ro‘znomasida
paydo bo‘ldi. Yozuvchining birinchi hikoyalar to‘plami 1948 yilda “Qishloqdagi jiyanlarim” nomi
bilan chop etildi. Shundan so‘ng, ketma-ket adibning «Pionerlar bog’i» (1950), “Besh baho”
(1955), «Cho‘l havosi» (1958), «Meni taniysizmi?» (1963), «Bolajonlarim» (1964)
singari
hikoyalar to‘plamlari va «Chiranma g’oz» kabi sahna asarlari yaratildi. Mazkur asarlarda
yozuvchi bolalar va o‘smirlarga xos beg’ubor qalb harorati va tuyg’ularini
ardoqlashga intildi,
ularni mehnatsevar, el-yurt, vatan farzandlari bo‘lishga da’vatkorlik qildi. Uning 40
dan ortiq
kitoblarida yoshlik tashvishlari, orzu-intilishlari o‘z ifodasini topdi.
Adibsning «Yonar daryo» (1966), «Ali va Sher» (1971) kabi qissa va hikoyalarida, shuningdek,
“Lochin qanotlari” (1973) kabi romanlarida ham yosh avlodning komil inson bo‘lib yetishuvi
yo‘lidagi kurash va umidlar tashvishi va orzulari keng ifoda etildi.
Hakim Nazirning o‘ndan ortiq kitoblari va asarlari rus va boshda tillarda nashr etilgan bo‘lib,
ayrim eng yaxshi asarlari «Pioner kutubxonasi» to‘plaminin 6- jildida nashr etilgan.
U ayni
chog‘da mohir tarjimon hamdir. Shoir V. Kataev, A. Gaydar, L. Kassil kabi bir qator adiblarning
bolalar haqidagi asarlarin o‘zbek tiliga ag‘darib nashr ettirdi.
1981 yilda uning besh tomlik saylanma asarlari Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga
sazovor bo‘ldi. Binobarin, u O’zbekiston xalq yozuvchisidir.
Dostları ilə paylaş: