1955-1985 yillarda esa «Toshkent haqiqati» ro‘znomalarida adabiyot va san’at bo‘limini
boshqaradi. Hozirgi kunda O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi
qoshidagi jangchi faxriylar
qo‘mitasi raisidir.
Nazarmat ijodi 30-yillardan boshlangan bo‘lib, uning birinchi she’ri «Qo‘zichoq» 1934 yilda
«Lenin uchquni» ro‘znomasida bosilib chiqadi. Birinchi to‘plami esa 1941 yilda «Yoshlik zavqi»
nomi bilan nashr etiladi. Urush tufayli ikkinchi to‘plam ancha kech — 1949 yilda «Vatan ishqi»
nomi bilan chop etiladi. Bu to‘plam Sharof Rashidov tavsiyasi bilan bosiladi. Hozirgi kunda uning
yigirmadan ortiq she’riy,
nasriy asarlari, qo‘shiqlar to‘plamlari chop etilgan. Xususan, «Yashil
dalalar» (1955), «Sir bo‘yi, nur bo‘yi» (1959), «Tog’dagi gulxanlar» (1962), «Nay sadosi»
(1965), «Bahor qo’shig’i» (1968), «Shahrimiz bolalari» (1970), «Mangu olov» (1972),
«Dostonlar» (1975), «Yo‘llar va gullar” (1977), «Mehrim-muhabbatim» (1983), «Tanlangan
asarlar» (1987), «G’unchalar» (1987), «Muhabbat taronalari” (1992) keng kitobxonlar ommasiga
yaxshi tanishdir.
Nazarmat nosir sifatida ham ancha barakali ijod qilib kelmoqda. Uning ocherk va hikoyalardan
tashkil topgan «Qirg’oqdagi jang» (1965), «Burch yo‘li» (1966) «Sayyod jasorati» (qissa, 1972),
«Janggohdan qatralar” (1974), «Turnalar yo‘li» (1977) kabi harbiy turku! gi asarlari ham
kitobxon va adabiy jamoatchilik e’tiboriga kirgan. Uning bolalar uchun yozgan «Shahrimiz
bolalari», «G’unchalar» kabi she’riy to‘plami ham e’tiborga loyiqdir.
Nazarmat shoir, publisist,
ocherknavis, hikoyanavis va qissanavis bo‘lishi bilan birga tarjimon hamdir.
Uning Bedil, A.
Jomiy, N. Xisrav, Firdavsiy, M. Mirshakar, M. Tursunzoda, J.
Muldagaliev ijodidan qilgan
tarjimalari alohida qimmatlidir.
Nazarmat 1992 yili 75 yoshga to‘ldi, ammo' o‘z ijodi rejalarini hormay-tolmay hayrat bilan
amalga oshirib kelmoqda.
Nazarmat O’zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimidir.
Dostları ilə paylaş: