Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
MINHOJIDDIN HAYDAR (1941) 
Jurnalist va shoir Minhojiddin Haydar 1941 yilning 3 may kunida Andijon viloyati, Oltinko‘l 
tumani Maslahat (To‘n ko‘ygan) qishlog‘ida tavallud topgan. To‘liqsiz o‘rta maktabdan so‘ng 


Andijon meditsina bilim yurtida (1958—1960) o‘qiydi. 1963—1968 yillarda esa Toshkent Davlat 
dorilfununining filologiya fakultetida tahsil ko‘radi. So‘ngra «O’zbekiston madaniyati» (hozirgi 
«O’zbekpston adabiyoti va san’ati») ro‘znomasida, «Yosh gvardiya» va G’afur G’ulom 
nashriyotida yetakchi muharrir bo‘lib xizmat qiladi. 
Hozirgi kunda esa u O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi qoshida «Minhoj» saxovat nashriyotini 
ochib, unga o‘zi rahbarlik qilib kelmoqda. Mazkur nashriyot esa xalqimizning boy tarixi, madaniy 
merosiga oid noyob asarlarni chop etish bilan katta xayrli ish qilmoqda. 
Uning birinchi she’riy to‘plami 1971 yilda «Inson yuragi» nomi bilan chop etiladi. So‘ngra uning 
«Nina ustida qasr» (1979), «O’chmas bo‘ron» (1979), «Tirik alanga» (1984), «Bulbulsiz» (1991) 
kabi bir qator she’riy to‘plamlari va 1992 yilda «Musallo» nomli publitsistik asarlari bosilib 
chiqadi. 
U tarjimon va dramaturg sifatida ham sermahsul ijodkordir. Jumladan, «Onaizor» (1970), 
«Do‘zaxdagi shayton» (1976) kabi she’riy dramalari va pamfletlari kitobxon va tomoshabinda 
katta qiziqish uyg’otgan. 
 
 
MASHRAB BOBOYEV (1941)
Adib Mashrab Boboev o‘z tengdoshlari orasida ko‘p qirrali ijod sohibi ekanligi bilan farqlanib 
turadi. U bir vaqtning o‘zida kattalar va bolalar uchun she’r yozadi — shoir. Ayni paytda 
hikoyalar, qissalar muallifi — nosir, Yana sahna asarlari yozadi — dramaturg ham. 
U 1941 yili Samarqand viloyatishgag Poyariq tumanida oddiy dehqon, bog‘bon oilasida tavallud 
topgan. O’rta maktabni tugatgach, jamoa xo‘jaligida avval traktorchi, keyin esa kutubxonachi 
bo‘lib ishlaydi. 1958—1960 yillarda madaniy-oqartuv bilim yurtida, so‘ng Toshkent Teatr va 
rassomchilik instituti kechki bo‘limida tahsil ko‘radi. Institutni tugatgach, Samarqand viloyati xalq 
ijodiy uyiga rahbarlik qiladi. Tuman, viloyat, radio va ro‘znomalarda muxbir bo‘lib ham o‘z 
faoliyatini davom ettiradi. Toshkentga kelgach, O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida, 
G’.G’ulom nomli Adabiyot va san’at nashriyotida, «Yosh gvardiya» nashriyotida muharrir, 
«Sharq yulduzi» oynomasida adabiy xodim bo‘lib ishlaydi. Hozirgi kunda shoir va dramaturg 
Mashrab Boboev Madaniyat ishlari vazirligida ishlamoqda. 
Mashrab Boboev shoir va adib sifatida 60-yillardan boshlab matbuotda ko‘rina boshladi. Uning 
«Onamga xat» nomli birinchi she’riy to‘plami 1971 yilda nashr etiladi. So‘ngra «Bahor kayfiyati» 
(1972), «So‘z» (1978), «Olisdagi chiroq (1981), «Bag‘ishlov» (1984), «Men bilgan sir» (1991) 
kabi bir qancha she’riy to‘plamlari bosiladi. To‘plamdan o‘rin olgan deyarli barcha she’rlarda 
shoir yaxshi odamlar, urf-odatlar, beg‘ubor sevgi-muhabbat, kelajak orzular haqida to‘lib-toshib 
kuylaydi. 
Mashrab Boboev bolalar shoiri sifatida «Paxtam mening — baxtim mening» (1975) kabi qiziqarli 
she’riy majmua ham yaratgan. 
Adib yosh, iste’dodli dramaturg sifatida ham el-yurtga tanilgan adiblardan biri. U o‘ndan ortiq 
sahna asarlari yaratgan bo‘lib, bular orasida «O’ttiz yoshlilar» (1976), «Yer tomiri» (1979), 
«Gurung» (1979), «Onaizor» (1985), «Yashasin, afandi» (1985), «Mushkul savdo» (1989) kabi 
pesalari ko‘pchilikka manzur bo‘lgan. Dramaturg ushbu p’esalarni «Qani, mening yulduzim» 
(1987), «Nomsiz yulduzlar» (1991) nomi bilan to‘plam holida nashr ettirgan. Shular qatori 
«Iroda» (1986) nomli telespektakl, «Sevgi nidosi» (1991, «Sab’ai sayyor» asosida) 
telebaletining ham muallifidir. 
U mohir tarjimon, o‘tli publipist sifatida ham barakali ijod qilib kelmoqda. Xususan, u 
V.Katayevning «Xayol chechaklari» (1976), O. Chiladzening «Rangin dunyo» (1973), M. 
Bsisuning «Tashrif qog‘ozi” (1978) kabi asarlarini ham o‘z tiliga ag‘dargan. Mashrab Boboev 
ko‘p qirrali va sermahsul iste’dod egasi sifatida hozirgi adabiy jarayonda o‘z ovoziga ega adiblar 
sirasiga kiradi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin