tamomlab, Toshkentga qaytadi va G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida
muharrirlik vazifasyada ishlay boshlaydi.
Shoirning ilk she’rlari o‘quvchilik yillaridayoq vaqtli matbuotda bosiladi.
Birinchi yirik asari
«Mashrab» (1966) dostonidir. Shundan keyin «Fazodagi hislar», «Shafaq», «Otalar yurti»,
«Alvon chechaklar», «Dostonlar», «Hayot sadosi (rus tilida, 1975), «Ninachi haqida ertak»
(1976) «Oq nur» (1977), «Ilhom parisi» (1980), «Boqiy dunyo” (1981), «Sevsam, sevilsam»
(1983), «Soz» (rus tshgada) nomli kitoblari o‘quvchilar qo‘liga tegdi. Uning «Do‘stlik yo‘li» nomli
she’r va dostonlari (1990) qozoq va qoraqalpoq tillarida nashr etilgan.
Ma’lumki, Muhammad Ali shoir, publitsist yo'ki
tarjimon emas, u romannavis sifatida ham
shakllanib bormoqda. Uning «Boqiy dunyo» (1981) she’riy romani Mirmuhsinping «Ziyod va
Adiba», Barot Boyqobilovning «Shukuhli karvon», «Notinch Xuroson», «Yulduzli osmon» kabi
she’riy romanlariga hamohangdir. Adibning «Sarbadorlar» (1990)
romani esa nasriy epik asar
bo‘lib, ikki kitobdan iboratdir. Ayni chog’da u tarixiy roman sifatida XIV asrdagi eng yorqin tarixiy-
ijtimoiy voqealarni — sarbadorlik harakati tarixini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Eng
muhimi, bugun xalqimiz erishgan mustaqillik uchun kurash ildizlarini,
manbalarini tushunishga
yo‘l ochadi. Shuning o‘zi romanning zamonaviy qimmatini tayin etadi. Aytish mumkinki,
Muhammad Ali ko‘p qirrali ijodkorlardan. Uning «Oshiq bo‘lmay, haq diydorin ko‘rsa bo‘lmas»
(1992) nomli publitsistik maqolalar to‘plami ham shundan kafolat beradi. U ayni chog’da mohir
tarjimon. Respublika tarjimonlar markazinnng rahbari sifatida ham faol ijod bilan band. U
filologiya fanlari nomzodi (1992), O’zbekiston xalq yozuvchisi hamdir (1992).
Shoir
Muhammad Ali Pushkin, Bayron, Mitskevich, Tagor, Abay,
Tumanyan va boshqalar
asarlarini, buyuk hind eposi «Ramayana»ni o‘zbek tiliga o‘girdi.
Dostları ilə paylaş: