10
KIRISH
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan boshlab jamiyatni demokratik
yangilash va milliy iqtisodyotni erkinlashtirish yo‗lida ulkan ishlarni amalga oshirdi.
Bu avvalambor milliy iqtisodiyotda erishilgan yutuqlar va natijalar negizida
iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish va uni modernizatsiya qilishning
puxta ishlab chiqilgan modeli va uzoq muddatga mo‗ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy
dasturlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‗yicha
olib borilayotgan tizimli,
izchil, qat‘iy harakatlar majmuasi ekanligini ko‗rish mumkin.
Bugungi kunda O‗zbekiston Respublikasi uchun jahon hamjamiyatida munosib
o‗rinni egallash, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni shakllantirish va uning barqaror
rivojlanishini ta‘minlash ustuvor vazifalardan hisoblanadi.
Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining tobora yuksalib borayotgani, so‗nggi
yillarda milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta‘minlash, uning
tarkibida sanoat, xizmat ko‗rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
ulushini ko‗paytirish, ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya
va ijtimoiy
infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosati olib
borilmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasida
2018 yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‗nalishlariga
bag‗ishlangan kengaytirilgan majlisidagi ma‘ruzasida respublikamiz iqtisodiyotini
rivojlantirish masalalariga to‗xtalib, ―Ayni shu asosda amalga oshirilgan chora-
tadbirlar natijasida 2017 yilda barqaror iqtisodiy o‗sish sur‘atlari 5,5
foizni tashkil
etdi, eksport hajmi qariyb 15 foizga ko‗paydi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy
saldosi 854 million dollarga etdi. Milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilishga
kirishdik‖
1
, - deb ta‘kidlab o‗tdi.
―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar
strategiyasi to‗g‗risida‖ gi O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‗ra
1
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati
va Qonunchilik palatasiga
Murojaatnomasi. http://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-22-12-2017.
11
mamlakatimizda 2017-2021 yillarda "...iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va
liberallashtirishga yo‗naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va
yuqori iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini saqlab qolish,
milliy iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini oshirish, ... kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini
rag‗batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni
kompleks va mutanosib holda
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali
mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb
etish ko‗zda tutilgan"
2
.
―Iqtisodiy o‗sishning matematik modellari‖ fani iqtisodiyotning o‗sishi va
rivojlanishida o‗zgaruvchan raqobat muhiti va bozor sharoitini ilg‗ab olish, ularning
rivojlanish qonuniyatlarini chuqur tahlil
qilishda iqtisodiy-matematik, ekonometrik,
imitatsion modellardan foydalanish, iqtisodiy o‗sish va rivojlanishning ko‗p variantli
muqobil yechimlarini ishlab chiqish, iqtisodiy o‗sish va rivojlanishning asosiy
yo‗nalishlarini aniq belgilash masalalarining nazariy
va amaliy tomonlarini
o‗rganishda talabalarni zarur bo‗lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
Ushbu o‗quv qo‗llanma orqali talabalar iqtisodiy o‗sish jarayonlarining nazariy
tomonlari, mazkur jarayonlarning mavjud matematik modellarini har tomonlama
o‗rganib oladilar.
Taqdim qilinayotgan o‗quv qo‗llanma magistraturaning «Ekonometrika»
mutaxassisligi talabalari uchun mo‗ljallangan.
2
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha harakatlar
strategiyasi to‗g‗risida» gi №PF-4947 sonli Farmoni. //Xalq so‗zi. 2017- yil 8- fevral.