2.2. Ishlab chiqarishning o„sishi. Ishlab chiqarishning uzluksiz o„sishi
Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy o‗sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste‘mol va
investitsiyalarga bo‗linishiga bog‗liq deb qaraladi. Iste‘mol hajmi dinamikasi
iqtisodiyotning pirovard maqsadini va aholi turmush darajasi oshishini bildirsa,
investitsiyalar hajmining o‗zgarishi resurs imkoniyatlarining o‗sishi va texnik
yangiliklarning moddiylashishini anglatadi. Iste‘mol va investitsiya o‗rtasida yetarlicha
muqobillik mavjud, chunki, joriy iste‘mol miqdorining ortishi investitsiyalarning
daromaddagi ulushini pasaytiradi. Oqibatda iqtisodiy o‗sish imkoniyatlarini qisqartiradi.
Iqtisodiy o‗sishni YaIM mutloq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga
real YaIM miqdorining ortishi orqali o‗lchash, baholashning qanday maqsadda
amalga oshirilayotganiga bog‗liq bo‗ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy
o‗sishini YaIM mutloq hajmining ortishi orqali o‗lchash, uning iqtisodiy salohiyatini
baholashda, aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o‗lchash esa
mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo‗llaniladi.
Mamlakatning iqtisodiy o‗sish sur‘atini tavsiflaydigan mazkur ko‗rsatkichlar
(real YaIM va aholi jon boshiga real YaIM ning o‗sishi) miqdoriy ko‗rsatkichlar
38
bo‗lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to‗liq hisobga olmaydi va shu
sababli aholi turmush darajasining haqiqiy o‗sishini to‗liq tavsiflab bera olmaydi;
ikkinchidan, real YaIM va aholi jon boshiga YaIMning o‗sishi bo‗sh vaqtning
sezilarli ko‗payishini aks ettirmaydi va aholi real turmush darajasining pasaytirib
ko‗rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o‗sishni miqdoriy hisoblash boshqa
tomondan uning atrof-muhitga va insonning hayotiga salbiy ta‘sirini hisobga
olmaydi.
Shunga qaramasdan, iqtisodiy o‗sishning barcha tavsifi YaIM yillik o‗sish
sur‘atlarining foizdagi o‗lchovida to‗liq o‗z ifodasini topadi:
%
100
0
0
1
Y
Y
Y
Y
,
bu yerda:
Y
- iqtisodiy o‗sish sur‘ati, foizda;
0
Y
- taqqoslanayotgan davr (yil) dagi
real YaIM hajmi;
1
Y
-
joriy davr (yil) dagi real YaIM hajmi.
Shuni ham ta‘kidlab o‗tish lozimki, ―iqtisodiy o‗sish‖ hamda ―iqtisodiy
rivojlanish‖ tushunchalari o‗rtasida farq mavjud bo‗lib, ―iqtisodiy o‗sish‖ ne‘matlarni
ishlab chiqarishning miqdoriy jihatdan ko‗payishini ifodalab keladi. Iqtisodiy
rivojlanish - iqtisodiy o‗sishga nisbatan kengroq tushuncha bo‗lib, u nafaqat ishlab
chiqarishning ortishini, balki uning kamayishini hamda iqtisodiyotdagi o‗zgarishlarni
ham ifodalab keladi. Iqtisodiy rivojlanish ko‗p tomonli jarayon hisoblanadi hamda
texnik, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi o‗zgarishlarni o‗z ichiga qamrab oladi.
Har bir mamlakat barqaror iqtisodiy o‗sishni ta‘minlashga intiladi, chunki
iqtisodiy o‗sish, birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‗payishiga,
ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi ehtiyojlar va
imkoniyatlarning paydo bo‗lishiga, to‗rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat
nufuzining oshishiga olib keladi.
Bundan tashqari aynan barqaror iqtisodiy o‗sishga ta‘sir etuvchi omil
resurslarni ham hisobga olish lozim. Ular guruhiga quyidagilar kiradi: tabiiy resurslar
miqdori va sifati; mehnat resurslari miqdori va sifati; asosiy kapital hajmi;
texnologiyalar.
39
Shuni ham ta‘kidlash lozimki, mavjud resurslar (yoki ishlab chiqarish omillari)
iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash uchun to‗liq 100 foiz jalb qilinmaydi. Bunga sabab,
institutsional mexanizmlar yetarlicha rivojlanmaganligi va transaksion xarajatlarning
yuqoriligi hisoblanadi.
O‗zbekistonda moddiy boyliklar va xizmatlarni ishlab chiqarish dinamik
xarakterga ega bo‗lishi bir tomondan, ishlab chiqarish resurslarining mavjudligi,
ulardan samarali foydalanish va ilmiy-texnika rivojiga erishishga, ikkinchi tomondan
mavjud resurslarni o‗zlashtirish imkoniyatlariga to‗g‗ridan-to‗g‗ri bog‗liq. Shu bilan
bir vaqtda ichki kapital tanqisligining mavjudligi, iqtisodiy o‗sishni ta‘minlashda
tashqi iqtisodiy omillarning, xususan, birinchi navbatda xorijiy investitsiyalar va
kreditlarning rolini yanada orttiradi.
Mamlakatimizda barqaror ishlab chiqarish o‗sishining muhim omillari sifatida
quyidagilarni e‘tiborga olish tavsiya etiladi:
- barqaror iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini ta‘minlashga qulay institutsional muhit
va davlat ko‗magini yaratish;
- iqtisodiyot tarmoqlarida tarkibiy islohotlarning yanada chuqurlashtirish uchun
ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishini institutsional mexanizmlarini
takomillashtirish;
- iqtisodiyotni yanada erkinlashtirilishi va modernizatsiya qilish jarayonlarini
faollashtirish;
- iqtisodiyot tarmoqlarida mahalliylashtirish jarayonlarini kengaytirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash hamda ularga
berilayotgan imtiyoz va rag‗batlarni kengaytirish orqali aholining asosiy qatlamini
iqtisodiy faollikka jalb qilish;
- moddiy-texnik resurslar hamda tayyor mahsulotlarni sotish va sotib olish
tizimini erkinlashtirish;
- korxonalarning moliyaviy xo‗jalik faoliyatiga davlat nazorati organlari
aralashuvini yanada qisqartirish va boshqalar.
40
Takror ishlab chiqarish omillari asosan jamg‗arilgan mehnat miqdori bir
tarafdan iqtisodiy o‗sishga sabab bo‗lsa, ikkinchi tarafdan asosiy ishlab chiqarish
fondlari, qo‗llanilayotgan texnologiya hamda foydalanilayotgan materiallarga bog‗liq
hisoblanadi. Shuning uchun butun jamg‗arilgan mehnat, uning ayrim qismlari
xo‗jalik faoliyatining qaysi sohalarida va qanday shakllarda to‗plangan bo‗lmasin,
ularni faqat iqtisodiy o‗sishni ta‘minlovchi tashqi omillar sifatida qarash mumkin
emas, chunki ular iqtisodiy o‗sishning natijalaridir.
Iqtisodiy o‗sishning an‘anaviy omillaridan farqlash uchun jamg‗arilgan
mehnatni iqtisodiy o‗sish omili deb yuritamiz. Buning o‗rniga jamg‗arilgan mehnatni
iqtisodiy o‗sishda ham sarf tarafdan, ham ishlab chiqarish natijalari tarafidan
ifodalovchi tushuncha sifatida kiritamiz.
Takror ishlab chiqarish omillari iqtisodiy o‗sishning yo‗nalishlararo
munosabatlari ham miqdoriy, ham sifat jihatdan tekshiriladi. Bunda iqtisodiy
o‗sishning yo‗nalishlararo munosabatlari rivojlanish darajalarida va bosqichlarida
saqlanib qolish yoki qolmasligini aniqlashdan iborat. Bundan tashqari mavjud
munosabatlarni barqarorlashtirish, o‗zgarish ahvollarini aniqlash va yo‗nalishlarini
iqtisodiy o‗sish tarafiga yo‗naltirilishi lozim.
Takror ishlab chiqarish omillari o‗rtasidagi bog‗liqliklarning qaysi shakli
yaxshi ekanligini iqtisodiy o‗sish va uning omillarining iqtisodiy ma‘nolariga
asoslanib o‗tkaziladigan bir va ko‗p tomonlama bog‗liqliklarning qiyosiy tahlili
beriladi. Iqtisodiy o‗sish va uning omillari o‗rtasidagi bog‗liqliklar quyidagicha
aniqlanadi. Takror ishlab chiqarishning omillari iqtisodiy o‗sish sarf-ishlab chiqarish
shaklidagi bir taraflama bog‗liqlikda bo‗ladi. Milliy daromad va asosiy fondlar
hamda
ishchi
kuchi
o‗rtasidagi bog‗liqliklar yuqoridagi bir taraflama
bog‗liqliklarning tipik ko‗rinishi hisoblanadi. Bunda mehnat va asosiy fondlar ishlab
chiqarishga sarfni bildirsa, milliy daromad qilingan sarflarning natijasi sifatida
qaraladi. Ammo, milliy daromad va mehnat hamda asosiy fondlar o‗rtasida esa ko‗p
tomonlama bog‗liqliklar mavjud bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: |