O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#161876
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   110
Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta

Tabiiy resurslar 
Tugaydigan resurslar 
Tugamaydigan resurslar 
Tiklanadigan 
resurslar 
O‗simlik va hayvonot 
turlari, daraxtlar, 
tuproq 
Tiklanmaydigan 
resurslar 
Yer osti boyliklari, 
ma‘danli va ma‘dansiz 
qazilmalar 
Suv, iqlim va kosmik 
resurslar 
Quyosh, shamol, suv va 
to‗lqinlar energiyasi 
Atmosfera havosi va suv


44 
tashqari oltin, kumush, molibden, selen va boshqa nodir elementlar mavjudligi 
aniqlangan. 
Hozirgi paytda 5 ta aniqlangan volfram konlaridan 2 tasi (Qo‗ytosh va 
Ingichka konlari) ishlatilmoqda. 2 ta volfram konlari (Saritau va Sautboy konlari) va 
2 ta qalay koni (Qarnob va Zirabuloq-Ziyoutdin konlari) ochildi. 
Prognozlarga qaraganda, respublikamizda fosforitlarning zaxirasi (asosan 
fosfor angidrid) 100 mln. tonna deb baholanmoqda. Fosforli o‗g‗itlar ishlab 
chiqaruvchi zavodlar Qozog‗istonning Qoratau ma‘dan konlaridan keltirayotgan 
xomashyolar hisobiga ishlamoqda. 
Respublikamizdagi tog‗ jinslarining kompleksi va yaratilgan mineral 
xomashyolari qurilish materiallari (marmar, granit, sement va boshqalar) ni ishlab 
chiqarish imkonini beradi. 
Respublikada mineral issiq suv va sanoat suvlarining zaxiralari mavjud. 
Hozirgi paytda 32 ta mineral suv zaxiralari aniqlangan bo‗lib, ularning 12 tasida dam 
olish maskanlari tashkil etilgan. Iste‘mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida 9 ta suv 
qadoqlash zavodlari ishga tushirildi. Mineral suv zaxiralari 8208 ming m
3
/sutkani 
tashkil etmoqda. Yuqori haroratli issiq suv maskanlari Farg‗ona vodiysida, Buxoro, 
Samarqand va boshqa viloyatlarda topilgan. 
2.5. Iqtisodiy o„sish modellari va ularning nazariy jihatlari 
 
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‗sish omillarini o‗rganish hamda uning 
kelgusidagi natijalarini prognoz qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli 
iqtisodiy o‗sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o‗z mazmuniga 
ko‗ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya - makroiqtisodiy 
muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab 
chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik)
 
nazariyasi yotadi.
Iqtisodiy o‗sishni tahlil qilishda neoklassik nazariya namoyondalari quyidagi 
noto‗g‗ri nazariy shartlarga asoslanadilar: 
1)
mahsulotning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratiladi; 


45 
2)
ishlab chiqarish omillarining har biri o‗zining keyingi qo‗shilgan 
mahsulotiga tegishli ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini qo‗shadi. 
Shunga ko‗ra, bunga javoban barcha keyingi qo‗shilgan mahsulotga teng keluvchi 
daromad ham oladi; 
3)
mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bo‗lgan resurslar o‗rtasida 
miqdoriy bog‗liqlik mavjud; 
4)
ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilishi hamda ular o‗rtasida 
o‗zaro bir-birining o‗rnini bosish imkoniyati mavjud. 
Bu yerda aytish mumkinki neoklassik va boshqa ayrim yo‗nalishdagi 
nazariyotchilar ikkita uslubiy xatoga yo‗l qo‗yadilar: 
1)
Ular ishlab chiqarish omillarining barchasi bir xil qiymat yaratadi, ular 
qiymatni yaratishda baravar ishtirok etadi, deb hisoblaydilar. Holbuki, barcha ishlab 
chiqarish vositalari hech qanday yangi qiymat yaratmaydilar, balki o‗zlarining 
qiymatlariga teng miqdordagi qiymatni jonli mehnat yordamida yangi yaratilgan 
mahsulotga o‗tkazadilar. Lekin, barcha omillar yaratilgan va o‗sgan (ko‗paygan) 
mahsulotning nafliligini yaratishda qatnashadilar; 
2)
Ular doimo barcha omillar ichida jonli mehnatning faol rol o‗ynashini, 
qolganlari esa passiv rol o‗ynashini unutadilar. Chunki, hech bir tabiiy resurs, kapital 
resurlari jonli mehnat tomonidan harakatga keltirilmasa, o‗zicha harakatga kela 
olmasligi, o‗z joyida ham jismonan, ham qiymati yo‗q bo‗lib ketishi, ularning 
qiymati faqat jonli mehnat tomonidan saqlab qolinishi ko‗p yillardan beri ko‗p 
martalab tasdiqlanib kelmoqda. Lekin negadir ularning bunga e‘tibor bergisi 
kelmaydi. 
Neoklassik
 
model ko‗p omilli hisoblanib, amerikalik iqtisodchi P.Duglas va 
matematik Ch.Kobb yaratgan ishlab chiqarish funksiyasi asos qilib olingan. Kobba-
Duglas modeli orqali ishlab chiqarish hajmining o‗sishida ishlab chiqarish turli 
omillarining ulushini aniqlashga harakat qilinib, u quyidagicha ifodalanadi: 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin