65
talablarini ta‘minlaydi. Uning vazifasi bir joyga jamlanadigan va qayta
taqsimlanadigan moliyaviy-iqtisodiy resurslar hajmi,
ular tushumining barqarorligi,
rivojlangan institutsional tuzilmaning mavjudligi hamda mamlakat iqtisodiy
ahvolining barqarorligiga bog‗liq bo‗ladi.
Rivojlangan bozor xo‗jaligining investitsiya bozorida bank muassasalari bilan
bir qatorda moliyaviy mahsulotlar bilan ta‘minlovchi boshqa moliya muassasalari
ham mavjud bo‗lishi lozim.
Rivojlanayotgan moliya tizimida qimmatli qog‗ozlar
bozori muhim rol
o‗ynaydi. Hissadorlik mulkini xususiylashtirishga, davlat byudjetini pul massasini
oshirmasdan to‗ldirishni ta‘minlashga bo‗lgan intilishlar,
uning ahamiyatini yanada
oshiradi. Investitsiya bozorining rivojlanishi ixtiyoriy turdagi jamg‗armalar, xususan,
kishilar hayoti va mulkni sug‗urta qilish bilan shug‗ullanuvchi muassasalarning
ko‗plab tuzilishiga zarur shart-sharoitlarni yaratib beradi. Moliya muassasalari
iqtisodiy bitimlarga doir to‗lov usullarini yaratdi, moliyaviy vositalar esa likvidlik va
jamg‗arish imkoniyatlarini yaratib beradi. Investitsiya bozorining rivojlanishi
omonatchilar mablag‗larining sarmoyadorlarga erkin tarzda oqib kelishi uchun zarur
shart-sharoitlarni ta‘minlaydi.
Moliya tizimini isloh qilish ko‗p jihatdan mamlakatning
iqtisodiy taraqqiyotiga
ta‘sir etuvchi foiz stavkalari miqdoriga ham bog‗liq. Foiz stavkalari o‗z navbatida
moliya bozorining rivojlanishiga bog‗liq. Investitsiya bozoridagi raqobat bozorning
muhim tarkibiy qismlari hisoblangan moliyaviy resurslarga bo‗lgan talab va taklifning
o‗zgarishiga munosabat bildirishga majburlovchi mexanizm yoki vosita hisoblanadi.
Foiz stavkasi darajasi va tarkibi moliya sohasining
rivojlanishiga va moliya
resurslarining joylashuviga hal qiluvchi ta‘sir ko‗rsatadi.
Agar foiz stavkalari bozornikidan past bo‗lsa, bu milliy valyutadagi
jamg‗armaga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Natijada u talablar majmuini boshqarib turishga
ham ta‘sir etib, moliyaviy vositachilik samaradorligiga salbiy ta‘sir etadi. Aksincha,
agar foiz stavkalari bozordagidan yuqori bo‗lsa, u holda ular makroiqtisodiy
beqarorlik darajasining yuqoriligini aks ettiradi yoki moliyaviy
tartibsizlikka olib
keladi. Shunday qilib, foiz stavkalari tahlili, shuningdek, shakllanayotgan investitsiya
66
bozorining real shart-sharoitlarini hisobga olgan holda ularni o‗zgartirish dasturi
investitsiya bozorining asosiy tarkibiy qismidir.
Iqtisodiyot bilan bog‗liq holda bank faoliyatini takomillashtirib borish uchun
marketing tadqiqotlarini muntazam ravishda olib borish maqsadga muvofiq. Faqat
shunday usul bilan investitsiya bozorida samaradorlikni
oshirish va barqarorlikka
erishish mumkin.
Investitsiya bozori rivojlanishining asoslaridan biri bo‗lgan marketing dasturi
va uning asosiy yo‗nalishlari rejalarini ishlab chiqish va unga rioya qilish zarur.
Marketing tadbirlarini ishlab chiqishning dastlabki bosqichida bankning oldida turgan
vazifalar aniqlanishi va ularning to‗g‗ri ifodalanishi asosiy yo‗nalishlarga doir
harakat rejasini ishlab chiqishning asosini tashkil qilishi kerak. Vazifa faoliyat
yo‗nalishini belgilaydi va shundan kelib chiqib, bank muassasasining tashkiliy tarkibi
aniqlanadi. Bu rejalar quyidagilardan iborat bulishi kerak.
- investitsiya bozorining asosiy yo‗nalishini belgilovchi omillarni aniqlash.
Ushbu tarkibiy qism juda muhim bo‗lib, rejani ishlab chiqish uchun asos bo‗lib
xizmat qiladi. Shuningdek, ular yordamida bank xizmatining
raqobatbardoshligi
baholanadi. Bu baho bank xizmatlari bozori imkoniyatlarini tahlil qilishga xizmat
qiladi. Rejada moliya bozori, shuningdek, bankni ko‗rsatayotgan xizmatining darajasi
nuqtai-nazaridan turib, uning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash mumkin;
- investitsiya bozorida shart-sharoitlarning o‗zgarishini aniqlash. Investitsiya
bozorida shart-sharoitlarning tez-tez o‗zgarib turishi tufayli asosiy yo‗nalishlarga doir
harakatlar rejasida barcha narsalarni oldindan aniqlashning imkoni yo‗q. Shuning
uchun rejani ijro etish jarayonida vaziyatga qarab tuzatishlar
kiritib borish mumkin
bo‗lgan o‗zgaruvchan omillar to‗plamini ko‗zda tutish kerak.
Shunday qilib, investitsiya bozorini o‗rganish va tahlil qilish natijasida shunday
fikrga keldikki, demak u bir qator iqtisodiy vazifalarni amalga oshirish natijasida
yuzaga kelar ekan.
Dostları ilə paylaş: