67
3.3. Milliy daromadning intensivlik dinamikasi
Mamlakat iqtisodiyoti
rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot
rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bo‗yicha
chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy ko‗rsatkichlardan
foydalaniladi. Alohida firmalar faoliyatiga baho berishda qo‗llaniladigan
ko‗rsatkichlardan farqli tarzda, bu ko‗rsatkichlar milliy
iqtisodiyotning barcha
subyektlari faoliyatiga umumiy baho berish, makroiqtisodiy tahlil o‗tkazish,
mamlakat iqtisodiyotining jahon xo‗jaligida raqobatbardoshlik darajasini aniqlash
imkonini beradi.
Bu ko‗rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
- Yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof ichki mahsulot (SIM), yalpi milliy daromad
(YaMD), sof milliy daromad (SMD), shaxsiy daromad (ShD),
shaxsiy tasarrufdagi
daromad (ShTD), iste‘mol (I), jamg‗arish (S) ko‗rsatkichlarining hajmi va o‗sish
sur‘atlari;
- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi;
- mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YaIMdagi ulushi va o‗sish
sur‘atlari;
- resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi ko‗rsatkichlar
(mehnat unumdorligi, fond qaytimi);
- davlat byudjeti taqchilligi,
deflyator, iste‘mol baholari indeksi,
inflyatsiyaning o‗sish sur‘atlari;
- ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi;
-·aholining moddiy ne‘matlar va xizmatlar iste‘moli hajmi, ularning
jamg‗armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.
Davlat byudjeti taqchilligi va inflyatsiya sur‘ati kabi ko‗rsatkichlar
umumiy
makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qo‗llanilsa, YaIM, SIM, YaMD, SMD, ShD,
ShTD, I, S ko‗rsatkichlari milliy ishlab chiqarishning parametrlarini va dinamikasini
tahlil etishda foydalaniladi.
68
Bu ko‗rsatkichlar iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatlari natijasi sifatida
aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy hisoblar tizimi (MHT) tashkil etadi.
MHT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini o‗tagani holda uning standartlaridan kelib
chiqib, makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarni hisoblash, mamlakatlararo taqqoslashlarni
amalga oshirish imkonini beradi.
Mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy holatini o‗rganish, unga tizimli baho berish
uchun yuqorida sanab o‗tilgan barcha ko‗rsatkichlardan foydalanish zarur, aks holda
bir tomonlama yondoshuvga yo‗l qo‗yilishi mumkin.
YaIMni daromadlar bo‗yicha aniqlashda yakuniy
mahsulotni ishlab chiqarish
jarayonida rezident-ishlab chiqarish birliklari tomonidan, qo‗shilgan qiymatlar
hisobidan to‗langan dastlabki daromadlar qo‗shib chiqiladi.
YaMMni daromadlar yig‗indisi ko‗rinishida
hisoblashda asosan quyidagi
ko‗rsatkichlardan foydalaniladi:
-
sof bilvosita soliqlar (
Tn
) – bilvosita soliqlar (qo‗shilgan qiymat solig‗i,
aksizlar, bojxona bojlari) va subsidiyalar hajmlari o‗rtasidagi farq;
- yollanma ishchilarning ish haqlari (
W
)
-
xususiy va davlat kompaniyalarining
yollanma ishchilarga hisoblagan barcha turdagi mehnat haqi to‗lovlarining nominal
miqdori plyus ish beruvchilar tomonidan ish haqi fondiga nisbatan hisoblanib
to‗lanadigan ijtimoiy sug‗urta ajratmalari;
- Korporatsiyalarning yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi (R).
Nokorporativ
korxonalar - kichik hajmdagi, uy xo‗jaliklariga tegishli
korxonalar bo‗lib, ularda korxona foydasi va korxona egasining ish haqi elementlari
o‗zaro qo‗shilib ketgan bo‗ladi. Bu holat aralash daromad atamasini qo‗llashga sabab
bo‗ladi.
R
= Korporatsiyalarning sof foydasi (
R
1 ) + nokorporativ korxonalar sof
daromadlari (
R
2)
Dostları ilə paylaş: