O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti


 Intensiv iqtisodiy o„sishning asosiy omillari



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#161876
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   110
Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta

4.6. Intensiv iqtisodiy o„sishning asosiy omillari. 
4.1. Iqtisodiy o„sish turlari 
Iqtisodiy o‗sish kategoriyasi iqtisodiyot amal qilishining asosiy ko‗rsatkichlari 
jumlasiga kirgan holda, u real yalpi ichki mahsulotning yildan-yilga hajmining 
ko‗payishini yoki aniqroq qilib aytganda, aholi jon boshiga real yalpi ichki mahsulot 
miqdorining oshishini ko‗rsatadi. ―Iqtisodiy rivojlanish‖ kategoriyasi ―iqtisodiy 
o‗sish‖ bilan chambarchas bog‗liq ko‗p o‗lchamli va ko‗p qirrali ko‗rsatkich bo‗lib, 
mamlakatda ijtimoiy institutsional va siyosiy o‗zgarishlar, aholining turmush 
darajasini, inson ehtiyojlarining qondirish darajasini ifodalaydi. Darhaqiqat, 
―iqtisodiy rivojlanish‖ kategoriyasi ―iqtisodiy o‗sish‖ tushunchasiga nisbatan keng 
ma‘noli hisoblanadi. Ba‘zan iqtisodiy o‗sish yaqqol ta‘minlangan holda ―iqtisodiy 
rivojlanish‖ yuz bermasligi mumkin. Demak, ―iqtisodiy rivojlanish‖ inson 
ehtiyojlarini ta‘minlash, yashash sharoitini, tibbiy xizmatni, ta‘lim olish, barkamol 
avlodni taraqqiy etish imkoniyatlarini o‗zida qamrab oladi. Tahlillarga ko‗ra, 
iqtisodiy rivojlanish sifati iqtisodiyotni intellektuallashtirish va globallashtirish, uning 
ichki omillariga aylanishi bilan belgilangan iqtisodiy rivojlanish sifat va miqdoriy 
xususiyatlari dinamik nisbati bilan belgilanadi.


81 
Ushbu asosda zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning yangi sifati mazmuni ochib 
beriladi, u texnologik tartiblar almashuvi, texnologik taraqqiyotning ekzogen 
rivojlanish omilidan endogen omilga aylanishi, ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni va 
natijalariga intellektual mehnat ulushning ortishi, shuningdek, u zamonaviy 
texnologiyalarning nomoddiy ishlab chiqarish sohasiga jadal kirib kelishi 
umumiqtisodiy tendensiyalarini aks ettiradi. 
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko‗p omilli va shu bilan birga ziddiyatli 
jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi 
chiziq bo‗yicha ro‗y bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish o‗z ichiga yuksalish va inqiroz 
davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o‗zgarishlarni, ijobiy va salbiy tamonlarni 
olib notekis boradi. 
Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon 
bo‗lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo‗lgan iqtisodiy o‗sish ko‗proq tahlil 
qilinadi. Iqtisodiy o‗sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo‗lib, o‗z ifodasini 
real YaMM (YaIM) hajmining va uning aholi jon boshiga ko‗payishida topadi. 
Mahsulotning o‗sish sur‘ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining 
o‗zgarishi o‗rtasidagi nisbat iqtisodiy o‗sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini 
belgilab beradi. 
Ekstensiv iqtisodiy o‗sishga ishlab chiqarishping avvalgi mexnikaviy asosi 
saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‗payishi tufayli 
erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko‗paytirish uchun mavjud 
korxona bilan bir qatorda o‗rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati 
bo‗yicha, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo‗yicha xuddi o‗shanday yana bir 
korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishchda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab 
chiqarish samaradorligi o‗zgarmay qoladi. 
Iqtisodiy o‗sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini 
kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish: yanada 
progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‗llash, ishchi kuchi 
malakasini oshirishi, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq 
foydalanish yo‗li bilan erishiladi. Intensiv yo‗l ishlab chiqarishga jalb etilgan 


82 
resurslarning har bir-birligidan olinadigan samara, pirovard mahsulot miqdorining 
o‗sishida, mahsulot sifatining oshishida o‗z ifodasini topadi. Bunda mahsulot ishlab 
chiqarishni ikki hissa oshirish uchun mavjud korxonaga teng bo‗lgan yana bir 
korxona qurishga hojat yo‗q. Bu natijaga ishlab turgan korxonani rekonstruktsiya 
qilish va texnik qayta qurollantirish, mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish 
hisobiga erishish mumkin. 
Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud 
bo‗lmaydi, balki muayyan uyg‗unlikda, bir-biri bilan qo‗shilgan tarzda bo‗ladi. Shu 
sababli ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o‗sish turlari tahlil qilinadi. 
Iqtisodiy o‗sish murakkab va ko‗p qirrali jarayondir. Shu sababli uni baholash 
uchun qandaydir bitta ko‗rsatkich kifoya qilmaydi, muayyan ko‗rsatkichlar tizimi 
talab qilinadi. Bu ko‗rsatkichlar tizimida jismoniy va qiymat ifodasidagi 
ko‗rsatkichlar farqlanadi. 
Iqtisodiy o‗sish ko‗rsatkichlari ancha aniq natija beradi, (chunki ular inflyatsiya 
ta‘siriga berilmaydi), lekin unversal emas (iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini hisoblashda 
har xil ne‘matlar ishlab chiqarishni umumiy ko‗rsatkichga keltirish qiyin). Iqlim 
ko‗rsatkichlari keng qo‗llaniladi, ammo ҳar doim xam uni inflyatsiyadan to‗liq 
«tozalash» mumkin bo‗lavermaydi. Shu sababli iqtisodiy o‗sish sur‘atlari qiyosiy 
yoki doimiy narxlarda hisoblanadi. 
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o‗sishish asosiy qiymat ko‗rsatkichlari 
quyidagalar hisoblanadi: 
-
YaMM (SMM) yoki milliy daromad hajmining real ko‗payishi; 
-
YaMM (SMM) yoki milliy daromadning aholi jon boshi hisobiga o‗sishi; 
-
YaMM (SMM) yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi 
hisobiga ortishi; 
Iqtisodiy o‗sishni aniqlashda har uchala ko‗rsatkichdan ham foydalanish 
mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha. Masalan: agar diqqat markazida iqtisodiy 
salohiyat muammosi tursa, birinchi ko‗rsatkichdan aniqlash ko‗proq mos keladi. 
Alohida mamlakat va hududlardagi aholining turmush darajasini taqqoslashda, 


83 
ko‗proq ikkinchi ko‗rsatkichdan foydalaniladi. Iqtisodiy samaradorlikni baholashda 
uchinchi ko‗rsatkichga ustuvorlik beriladi. 
Odatda iqtisodiy o‗sish foizda o‗sishniig yillik sur‘ati sifatida aniqlanadi. 
Masalan, agar o‗tgan yili real YaMM 60 mlrd. so‗mni va joriy yilda 70 mlrd. so‗mni 
tashkil qilgan bo‗lsa, o‗sish sur‘atini joriy yildagi real YaMM hajmiga bo‗lish yo‗li 
bilan aniqlash mumkin. Bu holda o‗sish sur‘ati 16,6% ni (70/60*100) tashkil qiladi. 
Iqtisodiy o‗sishning alohida tomonlarnni xarakterlovchi ko‗rsatkichlari ham 
mavjud bo‗lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, 
mehnat unumdorligi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda massasi, milliy 
iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi. 
Ishlab 
chiqaruvchi 
kuchlar 
darajasi 
quyidagi 
ko‗rsatkichlar bilan 
xarakterlanadi: 
a) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanish darajasi, ya‘ni uning unumdorligi; 
b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi; 
v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o‗rtasidagi nisbat; 
g) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, kooperatsiyasi va 
ixtisoslashtirilishi. 
Iqtisodiy o‗sishning jahon amaliyotida keng qo‗llaniladigan boshqa 
ko‗rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo‗yicha 
hisoblab chiqilgan, YaMM ko‗rsatkichi asosida tahlil qilinadi.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin