O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti


 Ekstensiv omillar asosida o„sish. Asosan intensiv omillar



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#161876
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   110
Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta

4.2. Ekstensiv omillar asosida o„sish. Asosan intensiv omillar 
asosida o„sish 
 
Iqtisodiy o‗sishga ta‘sir ko‗rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga 
ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar iqtisodiyotning jismoniy o‗sish darajasini 
belgilab beradi, ular taklif omillari deb ham ataladi. Bu omillar quyidagidar: 
1)
tabiiy resurslarning miqdori va sifati; 
2)
mehnat resurslari miqdori va sifati; 
3)
asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi; 
4)
texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti.


84 
Iqtisodiy o‗sishga taqsimlash omillari ta‘sir qiladi. Ishlab chiqarish 
potensialidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy 
jarayonga to‗liq jalb qilingan bo‗lishi, balki juda samarali ishlatiliish ham zarur. 
Resurslarniig o‗sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli 
mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ҳam zarur bo‗ladi. 
Iqtisodiy o‗sishga ta‘sir ko‗rsatuvchi, taklif va taqsimlash omillari o‗zaro bog‗liq 
va bir-birini taqozo qiladi. Masalan, resurslar miqdorining o‗sishi va sifatining 
yaxshilaniigi, texnologiyani takomlllashtirish iqtisodiy o‗sish uchun imkoniyat 
yaratadi. To‗liq bandlik va resurslarni samarali taqsimlash bunday o‗sishni ruyobga 
chiqaradi. 
Iqtisodiy o‗sishda resurslarni taqsimlash omillari ham o‗z o‗rniga ega bo‗lsada, 
bu muammoni tahlil qilishda asosiy e‘tibor taklif omillariga qaratilishi zarur. Taklif 
omillarining iqtisodiy o‗sishga ta‘sir qilishi quyidagicha (1-rasm). 
1-rasm. Real mahsulot o‗sishini aniqlab beruvchi omillari 
1-rasmdan ko‗rish mumkinki, real mahsulot ikki usulda ko‗paytirilar ekan: 
1)
resurslarning ko‗proq hajmini jalb etilishi; 
2)
ulardan ancha unumli foydalanish yo‗li bilan. 
Mamlakatning iqtisodiy o‗sish sur‘atini xarakterlovchi ko‗rsatkichlar (real 
YaMM va aholi jon boshiga real YaMMning o‗sishi) miqdoriy ko‗rsatkichlar bo‗lib, 
ular: 
- birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to‗liq hisobga olmaydi va shu 
sababli farovonlikniig haqiqiy o‗sishini to‗liq, xarakterlab bera olmaydi; 
- ikkinchidan, real YaMM va aholi jon boshiga YaMMning o‗sishi bo‗sh 
vaqtning sezilarli ko‗payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin