YaMTD = YaMD + Xorijdan olingan sof transfertlar.
Xorijdan olingan sof transfertlar = Mamlakat tashqarisidan olingan
transfertlar – Mamlakatdan tashqariga berilgan transfertlar
.
71
Yalpi milliy tasarrufidagi daromad yakuniy iste‘mol va milliy jamg‗armish
uchun ishlatiladi.
YaMTD= Yakuniy iste‟mol +Milliy jamg„armalar.
Yakuniy iste‘mol uy xo‗jaliklarining iste‘mol xarajatlaridan tashqari
hukumatning iste‘mol xarajatlarini ham o‗z ichiga oladi.
3.4. Ijtimoiy ishlab chiqarish va uning tashqi muhit bilan
o„zaro bog„liqligi
Ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish jamiyatning ishlab chiqarish ehtiyojlarini
qondirish uchun mo‗ljallangan unumli iste‘mol buyumlaridan (mashinalar, ishlab
chiqarish inshootlari, xomashyo, yordamchi materiallar va h.k.) hamda jamiyat
a‘zolarining shaxsiy ehtiyojlarini qondiradigan (kiyim-kechak, poyafzal, oziq-ovqat
mollari, zeb-ziynat buyumlari va h.k.) buyumlar yaratishga qaratiladi. Iqtisodchilar
ijtimoiy ishlab chiqarishni, ikkita katta bo‗linmaga - 1 va 2 bo‗linmalarga bo‗lib,
birinchi marta ana shunday klassifikatsiya berganlar.
Ijtimoiy ishlab chiqarishni 1-bo‗linmasiga qo‗llanilgan ishlab chiqarish
vositalarini qoplash va uni ko‗paytirishga ketadigan unumli iste‘mol buyumlari ishlab
chiqaradigan tarmoqlar kiradi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning 2-bo‗linmasiga jamiyat a‘zolarini shaxsiy
iste‘mol buyumlari vujudga keltiradigan tarmoqlar kiradi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning 1 va 2 bo‗linmalari ajralmas birlikni tashkil etadi.
Bu birlik shunda namoyon bo‗ladiki, 1-bo‗linma o‗z holicha 2 bo‗linmadan ajralgan
holda ishlay olmaydi. Takror ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun ular
o‗rtasida ayirboshlash zarur. Bu ayirboshlash qanday amalga oshirilishini, jami
ijtimoiy mahsulot barcha tarkibiy qismlarini ham qiymat bo‗yicha, ham natural
shaklda qoplash muammosi takror ishlab chiqarishni markazida turadi.
Yalpi milliy mahsulot.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning yillik moddiy natijasi jami
ijtimoiy mahsulotdir. U moddiy ishlab chiqarish sohasida yil davomida yaratilgan
moddiy ne‘matlar va xizmatlar yig‗indisini ifodalaydi. Odatda jami ijtimoiy
mahsulotni yalpi ijtimoiy mahsulot (moddiy ishlab chiqarish sohasidagi barcha
72
korxonalarda ishlab chiqarish hajmlari yig‗indisi) sifatida ifodalaydilar. Lekin bu
ko‗rsatkich o‗z ichiga takroriy hisobni ham oladi, ya‘ni jami ijtimoiy mahsulot
hajmini bo‗rttirib ko‗rsatadi. Juda ko‗p korxonalar mahsuloti shu yildayoq boshqa
korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishda sarflanadi, ya‘ni ijtimoiy ishlab chiqarish
nuqtai nazaridan oraliq mahsulotdir. Bir necha bor qayta ishlanadigan mahsulotlar
qiymati JIMdan chegirib tashlanadi, shunda YaMM qoladi. Misol uchun, jamoa
xo‗jaligi 1 kg paxtani paxta zavodiga 15 so‗mga sotdi. Uni zavod qayta ishlaganda 5
so‗mlik qiymat qo‗shiladi va u 20 so‗m turadi. Uni yigiruv va to‗quv fabrikasi olib
gazlamaga aylantirganda 7 so‗mlik qiymat qo‗shiladi va gazlama 27 so‗m bo‗ladi.
Uni tikuvchilik fabrikasi olib ko‗ylakka aylantirganda 8 so‗mlik qiymat qo‗shadi.
Demak, tayyor ko‗ylak 35 so‗m: uni magazin shu narxda sotadi. Bu yerda YaMM
hajmini topish uchun paxta narxi bir marta hisobga olinadi va paxta narxiga
qo‗shilgan qiymatlar kiritiladi. Bizning misolda 15+5+7+8=35 so‗m. Agar paxta
narxi bir marta emas, balki har safar hisobga olinganda YaMM hajmi 45 so‗mga
olgan bo‗lar edi (15+15+15=45)
.
Natijada YaMM hajmi 35 o‗rniga 80 (35+45=80)
so‗mga tenglashar edi. Bu esa (80) JIMdir. YaMM hajmi uni yaratish uchun ketgan
jami mehnat emas, balki uni bozorda tan olingan, ya‘ni bozor narxiga kirgan qismini
bildiradi. Masalan, mahsulot 50 dollarga tushgan, lekin u 45 dollarga sotildi. Mana
shu so‗nggi summa YaMMga kiradi.
Alohida olingan firmadagi mahsulot sotish hajmi bilan boshqa firmalardan
materiallar va xizmatlar sotib olish o‗rtasidagi tafovutni «qo‗shilgan qiymat» deb
ataladi. Ko‗rinib turibdiki, u firma doirasidagi yalpi milliy mahsulot miqdori
ifodasidir.
Yalpi milliy mahsulot joriy baholarda hisoblab topiladi. Uning miqdori real
ravishda o‗zgarishini aniqlash uchun baholar indeksidan foydalanadilar. Baholar
indeksi nominal yalpi milliy mahsulotni real milliy mahsulot ko‗rinishida ifodalash
imkoniyatini beradi.
Yangi ishlab chiqarishni haqiqiy hajmini sof milliy mahsulot (SMM)
belgilaydi. Sof milliy mahsulot miqdoran yalpi milliy mahsulotdan amortizatsiya
ajratmalarini chegirib olingandan so‗ng qolgan qismiga teng bo‗ladi:
73
SMM= YaMM – Aa.
Agar jamiyatdagi yalpi mahsulot 100 mln. birlikka teng bo‗lsa, shundan 20
mln. birlik eskirgan mashinalar, uskunlar, bino-inshootlar o‗rnini qoplash uchun
ketsa, ya‘ni bu amortizatsiya uchun ketgan mahsulot bo‗ladi. Resurs shaklida
bo‗lgan, lekin ishlab chiqarish uchun sarflangan mahsulot o‗rnini qoplash uchun
kerak. Shu sababli uni chegirib tashlash zarur. Bizning misolda 100 mln.-20 mln.= 80
mln. Mana shu miqdor sof milliy mahsulotni tashkil etadi, u hali iste‘mol va ishlab
chiqarish omillarining ortib borishini ta‘minlay oladi. SMM mohiyati bilan mehnat
tufayli yangidan hosil etilgan mahsulot bo‗lib, u pul shaklida o‗lchanadi. SMM ikki
qismdan iborat: 1) zaruriy mahsulot: 2) qo‗shimcha mahsulot. Zaruriy mahsulot -
SMM yaratishda o‗z mehnati bilan ishtirok etganlarning - ishchi-dehqon,
xizmatchilarning ishlash qobiliyatini tiklash, oilasini ta‘minlash uchun ketadigan
mahsulot. Qo‗shimcha mahsulot zaruriy mahsulotdan ortiqcha bo‗lgan mahsulotdir.
Agar zaruriy mahsulot ish kuchi egalariga yoki mehnat sohiblariga tegsa, qo‗shimcha
mahsulot moddiy-ashyoviy omil egalariga, ularning daromaddagi hissasiga qarab
beradi. SMM ni yaratishda ishtirok etgan omillar egasiga daromad bo‗lib - yer
egasiga - renta, kapital egasiga - foyda va foiz, ish kuchi egasiga - ish haqi,
menejerga - ish haqi va foyda shaklida tegadi.
SMMning jamiyat a‘zolariga ularning daromadi sifatida tekkan qismi milliy
daromad (MD) deb yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: |