YaMD = YaIM +
mamlakat rezidentlarning xorijdan olgan daromadlari - norezidentlarning mamlakatdan xorijga jo„natgan daromadlari. YaIM va YaMDning prinsipal farqlari shundaki, ulardan birinchisi mamlakat
rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan
yakuniy tovarlar va xizmatlar oqimini
o‗lchasa, ikkinchisi ular olgan boshlang‗ich daromadlarni o‗lchaydi.
Sof ichki mahsulot (SIM) va
sof milliy daromad (SMD ) ko‗rsatkichlari
YaIM va YaMD ko‗rsatkichlaridan amortizatsiya (iste‘mol qilingan asosiy kapital)
summasi miqdoriga farq qiladi.
SIM = YaIM - A SMD = YaMD - A Makroiqtisodiy tahlilda, shuningdek, MHTga kirmagan shaxsiy daromad
(ShD) ko‗rsatkichi ham qo‗laniladi.
ShD = SMD – (
ISA (Ijtimoiy sug„urta ajratmalari) +
T (bilvosita soliqlar) +
(R1.1 korporatsiya foydasiga soliqlar) +
R1.3 (Korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi + biznesning foiz daromadlari) + transfert to„lovlari (TR) + foizlar ko„rinishida olingan shaxsiy daromad). Foizlar ko‗rinishida aholi olgan daromadga davlat qarzlari bo‗yicha olingan
foiz daromadlari ham kiritiladi.
Shaxsiy daromaddan aholi to‗laydigan daromad solig‗i, mulk solig‗i va ayrim
nosoliq to‗lovlarini ayirib tashlash orqali
shaxsiy tasarrufdagi daromad (ShTD) ko‗rsatkichi topiladi.
ShTD uy xo‗jaliklari tomonidan
iste‟mol ( C ) va
jamg„arish ( S ) uchun
ishlatiladi.
ShTD = C + S . Makroiqtisodiy tahlilda uy xo‗jaliklarining ShTD va yalpi milliy tasarrufdagi
daromad (YaMTD) ko‗rsatkichlari o‗zaro farqlanadi.