63
keldi. Ijtimoiy ehtiyojlar va ijtimoiy himoya uchun xarajatlarning sezgirligi eng kam
bo‗lib chiqdi. Mos holda ular bo‗yicha elastiklik koeffitsientlari 0,79 va 0,88
qiymatlarni tashkil qildi. Umuman olganda mazkur holat byudjet siyosatining
ijtimoiy yo‗naltirilganligi haqida xulosani tasdiqlaydi, bu esa iqtisodiy o‗sishning
muhim omillaridan biri bo‗lgan inson kapitalining sifatini oshirishga xizmat qiladi.
O‗z navbatida byudjet daromadlarining o‗sish sur‘atlari butun
iqtisodiyotning
o‗sishiga bog‗liq. Bu haqda
GR
va
GDP
ni bog‗lovchi tenglama parametrlari
tasdiqlaydi. Bu holda YaIM o‗sishi sur‘atining qo‗shimcha 1 foizli darajaga o‗sishi,
byudjet daromadlari dinamikasini 0,45 foizli darajaga oshiradi.
Deyarli shunday elastiklik «daromad solig‗i ~ o‗rtacha ish haqi» o‗zaro aloqasi
uchun ham xarakterlidir. Ish haqining o‗sishi bu ko‗rsatkich bo‗yicha byudjetga
tushumlar o‗sishi sur‘atlarining 0,43 foizli darajaga o‗sishiga olib keladi.
Bilvosita
(egri) soliqlar YaIM dinamikasiga sezgirroqdir.
GDP
*
rVAT
soliqqa tortiluvchi bazaning (
rVAT
- sanoatda QQS stavkasi) 1
foizli darajaga o‗zgarishi INDTAX dinamikasini 0,98 foizli darajaga o‗zgartiradi.
Shunday qilib, byudjetning daromadlari va xarajatlari iqtisodiy dinamika bilan
chambarchas bog‗liq. Bundan kelib chiqadiki, byudjet boshqaruvi sohasi tarmoqlaridagi
holat faqatgina iqtisodiyot real sektori rivojlanishi tezlashganda, uning tarkibi
takomillashtirilganda, iqtisodiy o‗sishning barcha potensial
omillaridan foydalanish
samaradorligi ko‗tarilganda yaxshilanishi mumkin.
Byudjet-soliq siyosati parametrlarini asoslashning hal qiluvchi asosiy masalasi
rivojlanishning turli bosqichlarida xarajatlarning optimal darajasini asoslashdir.
Dunyoda bu muammo bo‗yicha ko‗plab tadqiqotlar mavjud. Ularning umumiy
xulosasi - yetarlicha uzoq vaqt oralig‗i doirasida davlat xarajatlari va iqtisodiy o‗sish
orasida statistik ahamiyatga ega bo‗lgan manfiy aloqa mavjud.
Har bir guruhning ekonometrik tahlili natijalari ko‗rsatishicha, ularning
to‗qqiztasidan uchtasi uchun davlatning (byudjet xarajatlari indikatoriga ko‗ra, YaIM
ga nisbatan foiz hisobida) o‗sishi va o‗lchami orasida musbat o‗zaro bog‗liqlik
xarakterlidir. Bu aholi soni 1 mln. kishidan kam bo‗lgan davlatlardir. Qolgan barchasi
uchun aloqa manfiy bo‗ladi. Bu holda O‗zbekiston kiruvchi 4-guruh uchun bu o‗zaro
64
aloqaning eng baland darajasi xarakterlidir. Davlat xarajatlarining 1 foizli darajaga
pasayishi, YaIM o‗sishining sur‘atlarini 0,32 foizli darajaga oshirdi.
Uning o‗sib borishi bilan barqaror o‗sish to‗xtaydi va pasayish boshlanadi.
Tadqiqotning muhim natijasi shu bo‗ldiki, o‗sish sur‘atining YaIM ga bog‗liqligi
qavariq egri chiziq shakliga ega (1-rasm), ya‘ni xavfli
nuqtadan tashqari davlat
xarajatlari o‗qida shunday nuqta mavjudki, YaIM ning o‗sish sur‘atlari maksimal
qiymatga erishadi. To‗rtinchi guruh davlatlari uchun mazkur baho 20-24% ni tashkil
qiladi.
a) Rossiya
b) O‗zbekiston
1-rasm. O‗zbekiston va Rossiyada iqtisodiy o‗sish va davlat o‗lchamlari orasidagi
o‗zaro aloqa
Dostları ilə paylaş: